» » Tramp ikkinchi muddatga AQSh prezidentligiga nomzod sifatida ishtirok etishga rasman rozi bo‘ldi

Tramp ikkinchi muddatga AQSh prezidentligiga nomzod sifatida ishtirok etishga rasman rozi bo‘ldi


Donald Tramp saylovlarda Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod sifatida ishtirok etishga rasman rozi bo‘ldi, deb xabar bermoqda The New York Times.

“Bugun kechqurun AQSh prezidentligiga nomzodlikni samimiy minnatdorchilik va cheksiz optimizm bilan qabul qilaman”, — degan Tramp Respublikachilar partiyasi syezdida.

Uning prezidentlik saylovlaridagi raqibi, AQSh sobiq prezidenti Jo Bayden Demokratlar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod sifatida ishtirok etishga 21-avgust kuni rasman rozi bo‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz AQSh prezidentlik saylovlari 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Respublikachilar partiyasi 24-avgust kuni prezidentlik va vitse-prezidentlikka nomzod sifatida Donald Tramp va Maykl Pensni ko‘rsatgan. Demokratlar partiyasi esa AQSh prezidenti sifatida Jo Bayden, vitse-prezident sifatida Kaliforniya senatori Kamala Xarris nomzodini ilgari surgan.

Ma’lumot uchun, Donald Tramp 2016-yilda Demokratlar partiyasidagi raqibi, AQShning sobiq davlat kotibi Hillari Klintonni mag‘lub etib, AQSh prezidenti bo‘lgandi. AQSh prezidentligiga navbatdagi saylovlar 2020-yil 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga doir: Pens saylovlarda Tramp g‘alaba qozonsa, yana vitse-prezident bo‘lishga rozi bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 16:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют