» » Hindistonlik bolaning qo‘shimcha barmoqlari unga muvaffaqiyat olib kelmoqda

Hindistonlik bolaning qo‘shimcha barmoqlari unga muvaffaqiyat olib kelmoqda


Hindistonning Kashmir shtatida yashovchi o‘smir Fayzan Ahmad Najarning ikki qo‘lida ham qo‘shimcha bosh barmoq mavjud va bu unga hayotda muvaffaqiyatga erishishda yordam beradi, deb yozadi  Daily Mail.

Bolaning aytishicha, qo‘shimcha barmoqlar unga daraxtga chiqishida, kriket video o‘yinini o‘ynashda yordam beradi.

Hozir Fayzan 12 yoshda. U ikki yoshligida shifokorlar bolaning ota-onasiga ortiqcha barmoqlarni jarrohlik yo‘li bilan olib tashlashni taklif qilgan, ammo ular buni rad etgan.

“Biz bu masala bo‘yicha ruhoniydan maslahat oldik, uning aytishiga ko‘ra, agar ortiqcha barmoqlar olib tashlansa, bu farzandimizning ko‘rish qobiliyatiga ta’sir o‘tkazar ekan”, — deydi bolaning onasi.

Fayzanning o‘zi ham bunday o‘zgachalikdan uyalmasligini tasdiqladi va kelajakda muvaffaqiyatga erishish uchun ortiqcha barmoqlari xalaqit bermasligiga umid qiladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 16:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 92) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют