» » Moskva meri: “Biz yarim yilda koronavirusni butunlay yengamiz”

Moskva meri: “Biz yarim yilda koronavirusni butunlay yengamiz”


Moskva meri Sergey Sobyanin yaqin olti oy ichida koronavirusni butunlay yengish mumkinligiga ishonch bildirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

“Isonchim komilki, bir necha oy ichida, ehtimol uzog‘i bilan olti oyda biz koronavirusni butunlay yengamiz. Bu borada rossiyalik olimlar, dunyo olimlari, Moskva olimlari ish olib bormoqda”, — degan u shahar pedagogik kengashida.

Sobyanin koronavirusga qarshi Rossiyaning birinchi vaksinasi ro‘yxatdan o‘tganini ta’kidlab, yaqin orada uning muqobillari paydo bo‘lishiga ishonch bildirgan.

Mavzuga doir: Rossiyada COVID-19’ga qarshi ikkinchi vaksina — “Vektor” ham tezlashtirilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi

JSST rahbari Tedros Gebreyesus esa 20-avgust kuni insoniyat koronavirusni kamida 2 yil muddatda yengishga qodir, degan fikrni bildirgandi. Avvalroq, 11-avgustda JSST rahbari koronavirusga qarshi kurashda “umid uchqunlari” paydo bo‘lganini ma’lum qilgan, 19-avgust kuni esa Tedros Gebreyesus dunyo mamlakatlarini koronavirusga qarshi vaksinani dunyo bo‘ylab teng tarqatishga chaqirgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 18:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют