» » Rossiya kompaniyasi Namanganda sun’iy intellektni joriy etish bilan shug‘ullanadigan bo‘ldi

Rossiya kompaniyasi Namanganda sun’iy intellektni joriy etish bilan shug‘ullanadigan bo‘ldi


Rossiya kompaniyasi Namanganda turizm sohasida sun’iy intellektni joriy etish bilan shug‘ullanadigan bo‘ldi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Viloyat hokimligi huzuridagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi, viloyat turizmni rivojlantirish boshqarmasi hamda Rossiyaning iVoice Technology kompaniyasi o‘rtasida Namanganda turizm sohasida sun’iy intellektni joriy etish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi.

Mazkur kelishuvga asosan, kompaniya markaz tomonidan ishlab chiqilgan loyihaga asosan Namangan viloyatidagi turizm subyektlari, xususan, mehmonxona va dam olish maskanlarida ovozni tanish texnologiyalarini joriy etadi.

Dastlabki bosqichda iVoice Technology mutaxassislari onlayn tarzda viloyatdagi turizm subyektlari rahbarlari uchun sohaga oid texnologiyalari hamda dasturlarini taqdim qiladi. Mahalliy tadbirkorlarning talab va istaklaridan kelib chiqib, viloyat uchun maxsus ko‘p tilli texnologiya konsepsiyasi ishlab chiqiladi.

Sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etishni maqsad qilgan tadbirkorlik subyektlariga qisman subsidiya ajratish masalasi ham ko‘rib chiqiladi.

Ma’lumot uchun, iVoice Technology bilan hamkorlik 2019-yil avgust oyida boshlangan bo‘lib, Namanganda o‘tkazilgan xalqaro tibbiyot forumi doirasida kompaniya bilan viloyatdagi tibbiyot muassasalarida umumiy qiymati 100 ming AQSh dollarigacha bo‘lgan ovozni tanish texnologiyalarini bepul joriy etish bo‘yicha investitsion kelishuv imzolangandi.

Mavzuga doir: TATU qoshida sun’iy intellektni rivojlantirish maqsadida ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 19:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют