» » Rossiyada 2020-yilda bolalarni koronavirusga qarshi emlash otkazilmaydi

Rossiyada 2020-yilda bolalarni koronavirusga qarshi emlash otkazilmaydi


Rossiyada 2020-yilda bolalar uchun koronavirusga qarshi vaksina paydo bolmaydi. Bu haqda sogliqni saqlash vaziri Mixail Murashko 28-avgust, juma kuni Butunrossiya ota-onalar majlisida malum qildi, deb yozmoqda Interfaks.

Uning qayd etishicha, shifokorlar vaksinani kuzatish va organishni davom ettirmoqda. Mamlakatimiz bolalari uchun qoshimcha sinov va tadqiqotlar otkazamiz. Vaksinaning bolalar organizmiga tasiri haqida toliq tasavvurga ega bolganimizdan keyin bu masalani korib chiqamiz, deya malum qilgan Murashko.

Vazirning qayd etishicha, bolalarda kopincha virus belgilarsiz otadi, biroq alohida etibor qaratish kerak bolgan bolalar guruhlari mavjud.

Ular qandli diabetdan aziyat chekadigan bolalar. Bu xavf guruhi bolib, ular uchun profilaktika tadbirlari kompleksini tavsiya qilamiz. Qanday qoida va tavsiyalarga amal qilish haqida davolovchi shifokoringiz bilan maslahat qilish kerak, dedi Murashko.

Shuningdek, vazir ortiqcha vaznli bolalarga alohida etibor qaratishni soragan, ular qoshimcha xavf guruhi hisoblanadi.

Albatta, bir qator surunkali kasalliklar ham bola uchun qoshimcha xavfni yuzaga keltirishi mumkin, xususan, ular ehtimoliy immunosupressiv holatlar va revmatoid kasalliklar, deya aniqlik kiritdi Murashko.

Vazirlik rahbari bunday bolalarning ota-onalariga ularni maktabga jonatishdan oldin shifokor maslahatlari va tavsiyalarini olishi kerakligini aytdi.

Vazirning eslatishicha, ayni paytda katta yoshlilar uchun COVID-19ga qarshi vaksinaning qoshimcha sinovlari otkazilmoqda, uning samaradorligi va xavfsizligi masalasi tadqiq qilinmoqda.

Tibbiyot xodimlari va pedagoglar ustuvor guruhga kiradi. Ularga koronavirusga qarshi emlash taklif qilinadi. Maktablarda turli yoshdagi oqituvchilar ishlagani sababli, birinchi navbatda, katta yoshli pedagoglarga emlash olishni tavsiya qilamiz, deya qoshimcha qilgan Mixail Murashko.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin koronavirusga qarshi yaratilgan birinchi vaksina Sputnik Vni olgan qizi ozini yaxshi his qilayotganini malum qilgandi.

Shuningdek, Rospotrebnadzorning Vektor davlat ilmiy markazi tomonidan ishlab chiqilgan koronavirus infeksiyasiga qarshi ikkinchi vaksinaning klinik sinovlari ikkinchi bosqichi yakuniga yetkazilishi bilan guvohnomaga ega bolishi mumkinligi xabar qilindi.



Manba: Daryo.uz
: admin (28-08-2020, 21:10)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 5) ( 0) ( 5) ( 0)
:
-
:
:
-
20 ... -