» » O‘zbekistonda 16 yoshga to‘lmagan 810 mingdan ortiq bolaga beriladigan 500 ming so‘mlik yordam puli ularning nafaqasiga qo‘shib to‘lanadi

O‘zbekistonda 16 yoshga to‘lmagan 810 mingdan ortiq bolaga beriladigan 500 ming so‘mlik yordam puli ularning nafaqasiga qo‘shib to‘lanadi


Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 26-avgust kuni imzolangan “Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, 16 yoshga to‘lmagan 810 mingdan ortiq bolaga 500 ming so‘mlik yordam puli berilishi haqida avvalroq xabar qilingandi.

Shavkat Mirziyoyev rasiligida 28-avgust kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilinishicha, mazkur yordam puli bolalarning nafaqasiga qo‘shib to‘lanadi.

Qarorga ko‘ra, ko‘makka muhtoj oilalarning bolalarini qishki kiyim-bosh, maktab formasi va o‘quv qurollari bilan ta’minlash maqsadida “temir daftar”ga kiritilgan, boquvchisini yo‘qotgan va nogironligi bo‘lgan 16 yoshga to‘lmagan bolalarga 500 ming so‘mdan yordam puli beriladi. Ushbu moddiy yordam bilan jami 810 mingdan ziyod bola qamrab olinadi. Buning uchun 400 milliard so‘mdan ortiq budjet mablag‘lari ajratildi.

Ma’lum qilinishicha, boquvchisini yo‘qotgan oilalardagi va nogironligi bo‘lgan 16 yoshga to‘lmagan bolalar bo‘yicha aniq hisob-kitoblar mavjud bo‘lib, to‘lovlar Pensiya jamg‘armasi tomonidan pensiya va nafaqaga qo‘shib beriladi.

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, hokimlar hamda sektor rahbarlariga yordam pullarini muhtoj oilalarga adolatli, ochiq va to‘g‘ri yetkazib berish, hech kimni e’tiborsiz qoldirmaslik yuzasidan topshiriqlar berildi. Aholi bilan uchrashib, ushbu mablag‘lar haqiqatda yordamga muhtoj bolalarning barkamol rivojlanishi va sog‘lig‘i uchun sarflanishi zarurligini tushuntirish vazifasi qo‘yildi.

Eslatib o‘tamiz, Qurbon hayiti bayrami arafasida respublika budjetidan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi orqali 150 ming oila 1 million so‘mdan moddiy yordam olgandi. Shuningdek, 15-avgustgacha 400 mingdan ko‘proq oilaning har bir a’zosi uchun 220 ming so‘m miqdorida moddiy yordam berilishi belgilangandi. Keyinroq yana 150 mingdan ortiq oila moddiy yordam olishi ma’lum bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 22:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют