» » Kanadada dunyodagi birinchi quyosh panelli yo‘lak quriladi

Kanadada dunyodagi birinchi quyosh panelli yo‘lak quriladi


Tompson Rivers universiteti olimlari Kanadaning Kamlups shahrida quyosh panellaridan iborat yo‘lak o‘rnatadi. Qoplama bir yilda 15 ming kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Bu 40 ta kompyuterning bir kunda sakkiz soatdan ishlashi uchun yetadi. Bu haqda “Hightech.fm” xabar berdi.

64 ta plitkadan iborat Solar Compass qoplamasi Tompson Rivers universiteti binolaridan birining kirish joyiga o‘rnatiladi va uning yuzasi 111 metr kvadratni tashkil qiladi.

O‘lchami bir metrga ikki metr bo‘lgan plitkalardan iborat qoplama o‘t o‘chirish mashinasini ham ko‘tara oladi. Qurilma 25—30 yil xizmat qiladi.

Qoplama quyosh energiyasi ishlab chiqaruvchi yo‘l qoplamalari yaratish bilan shug‘ullanuvchi Solar Earth Technologies kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-04-2017, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 115) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют