“Barselona” Messi bilan uchrashishdan bosh tortdi. Kataloniyaliklar Leoni 700 mln yevrodan kamiga sotmoqchi emas
“Barselona” rahbariyati hujumchi Lionel Messining uchrashuv o‘tkazib, shartnomani bekor qilish haqidagi talabini rad etdi va uni 700 million yevrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas. Bu haqda Diario Sport jurnalisti Gilyem Balage xabar bermoqda.
Avvalroq Messining advokatlar bilan birgalikda shartnomani bekor qilish tafsilotlarini kelishib olish uchun klub rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgandi.
Ta’kidlanishicha, argentinalik futbolchi klubni mojarolarsiz va sud jarayonisiz tark etmoqchi.
Hozirda Messini qo‘lga kiritish uchun asosiy da’vogar “Manchester Siti” bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, 33 yoshli Messi hafta avvalida “Barselona”ni tark etish qaroriga kelgani va bu haqda klub rahbariyatiga faks jo‘natgani ma’lum bo‘lgandi.
Gollar to‘plami:
Mavzuga doir: Messi “Barselona”ni sudrashdan charchadi va ketmoqchi. Bu safar hammasi juda jiddiy ekanligi haqida
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!
