» » Belarusda nima gap? 29-avgustning asosiy xabarlari

Belarusda nima gap? 29-avgustning asosiy xabarlari


Belarusda 9-avgustdan buyon davom etayotgan norozilik namoyishlari bugun ham davom etdi. Quyida bugunning asosiy voqealarini esga olamiz.

Mavzuga doir:

Kunning birinchi yarmi tinch o‘tdi desak ham bo‘ladi. Kunning ikkinchi yarmiga kelib namoyishchilar ko‘chaga chiqa boshladi.

Dastlab guruh mototsiklchilar birdamlik motoyurishini amalga oshirdi.

Belarus hukumati oldingi kunlarda hibsga olingan bir qator xorijiy jurnalistlar va OAVning akkreditatsiyasini bekor qilishga qaror qildi.

Ular orasida AFP, BBC, RFE/RL kabi nashrlarning jurnalistlari ham bor. Bu qaror qator xorijiy diplomatlardan tortib, muxolifat yetakchisi Svetlana Tixanovskayaning ham noroziligiga sabab bo‘ldi.

Hibsga olinganlar va mamlakatdan chiqarib yuboriladiganlar orasida rossiyalik jurnalistlar ham bor.

AQSh va Yevropa Ittifoqi Belarus masalasida qo‘shma bayonot tayyorladi. Bayonot matni YeI Minskdagi vakolatxonasi veb-saytida e’lon qilindi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Bayonotni YeI, AQSh, Buyuk Britaniya va Shveysariya kabi davlatlar imzoladi. Unda Belarus hukumatini namoyishchilarga nisbatan kuch ishlatmaslikka hamda inson huquqlariga rioya etilishiga chaqirildi.

Oldinroq Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatdagi “ko‘cha namoyishlari”ni G‘arb dastaklayotganini ta’kidlagan edi.

Kunning eng kutilgan voqeasi – Minskdagi “Ayollar marshi”. Meduza ma’lumotiga ko‘ra, Minsk ko‘chalariga 10 mingdan ortiq ayollar namoyishga chiqdi. Ular hukumatdan qayta saylov o‘tkazishni, siyosiy mahbuslarning ozod qilinishini va namoyishchilarga nisbatan kuch ishlatgan organ xodimlariga nisbatan jinoiy ish ochilishini talab qilmoqda.

Namoyishchilarga OMON xodimlari qarshilik qildi.

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida ham Minskdagi ayollar marshini qo‘llab-quvvatlab namoyishlar tashkil etildi.

Namoyishga chiqqan ayollar orasida muxolifatning yetakchilaridan biri – Svetlana Tixanovskayaning ishongan yordamchisi Mariya Kolesnikova ham ishtirok etdi.

Shuningdek, namoyishlar paytida bir voqealarni kuzatib borayotgan bir qator jurnalistlar hibsga olingan. Ular orasida RFE/RL jurnalistlari Aleks Piletskiy, Andrey Rabchik, Deutsche Welle jurnalisti Pavlyuk Bikovskiylar hibsga olindi. Bikovskiy keyinchalik qo‘yib yuborildi.

Shuningdek, namoyishlar paytida BelSat jurnalistlari Aleksandr Lyubenchuk va Dmitriy Mitskevichlar ham g‘oyib bo‘ldi. Ular ham hibsga olingan bo‘lishi mumkin.

Minskdagi ayollar marshi hamon davom etmoqda. Namoyishchilar shaharning eng yirik ko‘chalari bo‘ylab yurmoqda. Markaziy maydonlarga olib boruvchi yo‘llar  kuch ishlatar tizim xodimlari tomonidan to‘sib qo‘yildi. Shuningdek, metroning bir nechta stansiyalari ham yopilib, keyinchalik qaytadan ochib yuborildi.

Belarusda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2020, 22:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют