» » Andrey Shipilov: “Mash’al”ga 2 ta chiroyli gol urdik, keyin esa natijani saqlab qolishga intildik

Andrey Shipilov: “Mash’al”ga 2 ta chiroyli gol urdik, keyin esa natijani saqlab qolishga intildik


“Metallurg” bosh murabbiyi Andrey Shipilov Coca-Cola Superliga 13-turi doirasida “Mash’al”ga qarshi kechgan uchrashuvdagi g‘alabadan keyin (2:1) o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Avgust biz uchun yaxshi o‘tdi. To‘rtta o‘yinda maksimal ochko jamg‘arishga harakat qildik.  O‘yin haqida, raqibdan agressivlik kutgandik. “Mash’al” yaxshi jamoa, tarkibda ahil kollektiv jamlangan. Bizda ham nomlar bor, klub bor. Bahsga munosib tayyorgarlik ko‘rgandik, raqibni kuchsiz tomonlarini topishni uddasidan chiqdik. Chiroyli gollar urdik, keyin natijadan kelib chiqib harakat qildik. Natijani saqlab qolish uchun o‘ynadik deya olaman.

Ha, o‘yin davomida ritmni almashtirib turdik. Ayrim joyda biroz tezlik qo‘shdik, ayrim joyda o‘yin ritmini o‘zgartirdik. Barchasi reja asosida kechdi.

Ikkinchi restartdan qoniqmadim. Rejalarimiz boshqacha edi, yanada ko‘proq ochko olishni maqsad qilgandik. Bunda mening ham aybim bor, qayerdadir yaxshi ishlamadim.

Andrey Shipilov, “Metallurg” bosh murabbiyi

“Metallurg” ushbu g‘alabadan keyin 22 ochko bilan 6-o‘ringa ko‘tarildi. Jamoa keyingi o‘yinini “Paxtakor”ga qarshi o‘tkazadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2020, 23:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют