» » Andrey Shipilov: “Futbol o‘ynashga harakat qilyapmiz”

Andrey Shipilov: “Futbol o‘ynashga harakat qilyapmiz”


“Metallurg” bosh murabbiyi Andrey Shipilov Coca-Cola Superliga 12-turi doirasida “Surxon”ga qarshi kechgan o‘yindagi g‘alabadan (2:1) keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Ikkinchi restartni yomon boshladik. Oldingi ikki turda hayotimiz “shirin” bo‘lgani yo‘q. Bugun esa ikkala bo‘limda yaxshi o‘ynaganimiz ko‘rindi. Yigitlar harakat qildi. Natija qanday bo‘lishidan qat’i nazar shogirdlarimning o‘yinidan qoniqdim.

Ravshan Haydarovning imzosi ko‘rinib turibdi. Qisqa vaqt ichida uning falsafasi jamoaga singdirilgan. Bu kishiga qarshi kurash olib borish yoqimli bo‘ldi. Hisob tenglashganida yana gol ura olishimizga ishondim. Mag‘lub bo‘lganimizda adolatdan bo‘lmasdi, sababi biz to‘pga egalik qildik va tashabbusga ega edik.

G‘alaba qozondik va noxush seriyamiz yakunlanganidan xursandman. Ketma-ket uchta o‘yinda ochko ololmaslik yomon bo‘lardi. Oldimizda hali qiladigan ishlar ko‘p. Keyingi turdagi raqibimiz “Mash’al” juda ham “jonli” jamoa.

Balki chiroyli futbol bo‘lmagandir, ammo natija qo‘lga kiritildi. Ba’zida shunday ham qilish kerak. Futbol o‘ynashga harakat qilyapmiz.

Bugun Chumak va Otaxonovning tug‘ilgan kuni edi. Ularga g‘alabani sovg‘a qilmoqchi edik. Birinchi navbatda esa bu g‘alabamiz jamoa shifokoriga ataldi. Sababi u so‘nggi haftalarda juda katta hajmdagi ishni bajardi. Aytish mumkin bo‘lsa mavsum oxirigacha shifokorimiz bosh murabbiydan ham muhimroq shaxsga aylandi. Unga katta rahmat aytmoqchiman.

Andrey Shipilov, “Metallurg” bosh murabbiyi

“Metallurg” ushbu g‘alabadan keyin ochkolarini 19 taga yetkazib oldi va 7-o‘rinda bormoqda. Jamoa keyingi turda “Mash’al”ga qarshi bahs olib boradi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют