» » Toshkentdagi “Chorsu” savdo markazi narxi 30 milliard so‘mga arzonlashtirilib, qayta sotuvga qo‘yildi

Toshkentdagi “Chorsu” savdo markazi narxi 30 milliard so‘mga arzonlashtirilib, qayta sotuvga qo‘yildi


“Chorsu” savdo markazi boshlang‘ich narxi o‘n foiz (30,35 milliard so‘m)ga pasaytirilgan holda 273,15 milliard so‘m narxda E-Ijro Auksion savdo maydonchasiga qayta qo‘yildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar qildi.

Obyektni balansda saqlovchi “Munitsipal aktivlarni boshqarish markazi” DUK ta’sischiligidagi “Toshkent savdo markazi” MChJ bo‘lib, obyekt Toshkent shahar Shayxontohur tumani Chorsu maydoni 3 a-uy manzilida joylashgan.

Savdo markazining egallagan maydoni 3,9 gektarga teng, shu jumladan qurilish maydoni 40 704 kvadrat metrni tashkil qiladi. Faoliyat turi — savdo do‘konlarini ijara berish.

Qayd etilishicha, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2020-yil 7-maydagi 115-P-son buyrug‘i, Davlat mulkini sotishda tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha davlat komissiyasining 2020-yil 25-avgustdagi 01-02/1-1504-sonli yig‘ilishi bayoni, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2020-yil 26-avgustdagi 181-P-son buyrug‘iga asosan obyekt boshlang‘ich narxini o‘n foiz (30,35 milliard so‘m)ga pasaytirgan holda 273,15 milliard so‘m narxda E-Ijro Auksion elektron savdo maydonchasiga qayta savdoga chiqarilishi belgilangan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2020, 00:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют