» » O‘zbekiston prokuratura organlaridan 1 yilda korrupsiyaga moyil 50 dan ortiq rahbar bo‘shatildi

O‘zbekiston prokuratura organlaridan 1 yilda korrupsiyaga moyil 50 dan ortiq rahbar bo‘shatildi


O‘zbekiston prokuratura organlaridan bir yil davomida korrupsiyaga moyil 213 nafar xodim, jumladan, 50 dan ortiq rahbar ishdan bo‘shatilgan. Jinoyatga qo‘l urgan 31 nafar xodim jinoiy javobgarlikka tortilgan. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev ma’lum qildi.

Bosh prokuror tomonidan ma’lum qilinishicha, nazorat tadbirlari davomida 136 ta holatda 16 milliard so‘mdan ortiq ish haqi, nafaqa va ularga tenglashtirilgan to‘lovlar uchun ajratilgan budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi. Qo‘pol qonunbuzilish holatlari yuzasidan 136 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, 5 milliard so‘mdan ortiq yetkazilgan zararlar ixtiyoriy qoplandi, sudlarga qiymati 19 milliard so‘mdan ziyod 4 mingga yaqin da’vo arizalari kiritildi va qariyb 14 milliard so‘m undirildi.

Bundan tashqari, tadbirkorlar huquqlariga rioya etmagan 925 nafar mansabdor shaxs intizomiy va ma’muriy javobgarlikka tortildi, 514 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Nazorat tadbirlarida 22 milliard so‘mlik don, 63 milliard so‘mlik paxta xomashyosi, 3 milliard so‘mlik mineral o‘g‘it, irrigatsiya tadbirlari uchun ajratilgan 1,7 milliard so‘mlik budjet mablag‘lari talon-toroj qilinganligi aniqlanib, qonuniy choralar ko‘rildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti tomonidan yashirin iqtisodiyotga chek qo‘yish, budjet mablag‘lari talon-toroj qilinishining oldini olish choralari ko‘rildi. Hamkor tuzilmalar bilan olib borilgan ishlar natijasida 2019-yilning ikkinchi yarmi va 2020-yilning o‘tgan davrida 2400 dan ziyod ma’muriy huquqbuzarlik va 3400 ga yaqin jinoyat fosh etildi. Xususan, 357 ta soliqdan bo‘yin tovlash bilan bog‘liq jinoyat aniqlanib, jami 1,6 trillion so‘m qo‘shimcha soliq hisoblandi va 623,7 milliard so‘mi budjetga undirildi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2020, 10:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 118) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют