» » Eriell Group kompaniyasi Mustaqillik kuniga bag‘ishlangan xayriya tadbirini o‘tkazdi

Eriell Group kompaniyasi Mustaqillik kuniga bag‘ishlangan xayriya tadbirini o‘tkazdi


2020-yil 28 va 29-avgust kunlari Eriell Group xalqaro neft xizmati kompaniyasi Toshkent shahridagi “Mehribonlik” nogironlar jamiyatining ikkita bo‘linmasida xayriya tadbirini o‘tkazdi.

Mustaqillik bayrami arafasida Prezidentimizning 2016-yil 28-dekabrdagi PQ-2705-sonli “Keksalar va nogironlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, kompaniya imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimizga zarur oziq-ovqat mahsulotlari shakilda yordam ko‘rsatdi.

Har birimiz uchun bunday qiyin va birmuncha og‘ir sharoitda, muhtojlarga alohida e‘tibor berib, ularga yordam qo‘lini cho‘zishimiz va qo‘llab quvvatlashimizni davrning o‘zi taqazo etmoqda.

Ayni paytda, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining statistik ma‘lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 780 mingdan ziyod imkoniyati cheklangan insonlar istiqomat qiladi. Xalqimizga xos bo‘lgan rahm-shafqat va mehr-oqibat kabi fazilatlarni inobatga olgan holda, davlat nogironlarning alohida ehtiyojlari uchun doimo e‘tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatib keladi.

Jumladan, Eriell Group kompaniyasi ham bir necha yillardan buyon ehtiyojmand insonlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bir qator xayrli ishlarni amalga oshirib keladi. Uning navbatdagisi ham avvalgilari kabi yurtdoshlarimiz ko‘nglini ko‘tarish, ularga yaxshi kayfiyat bag‘ishlash kabi ezgu maqsadlarga qaratildi.

“Mehribonlik” nogironlar jamiyatida jami 165 nafar, uning Uchtepa tuman bo‘linmasida esa 80 nafar, 1 va 2 guruh nogironlari, imkoniyati cheklangan bolalar va turli yoshdagi nuqsonli fuqarolar hamda nafaqaxo‘rlar bor. Ularga kompaniya vakillari mahsulotlarni shaxsan topshirdilar va yurtdoshlarimizni kelayotgan bayram bilan samimiy tabriklab, sog‘lik va uzoq umr tiladilar.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2020, 12:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 62) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют