» » Xorazmda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatchilar uchun yangi yotoqxona va sanitar tizim foydalanishga topshirildi

Xorazmda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatchilar uchun yangi yotoqxona va sanitar tizim foydalanishga topshirildi


Xorazm viloyatining Shovot tumanidagi safarbarlik chaqiruvi rezervi batalyonida yangi barpo etilgan 250 o‘rinli askarlar yotoqxonasi hamda bir vaqtning o‘zida 490 kishiga xizmat ko‘rsatadigan sanitar tizim binolari hamda isitish tizimi foydalanishga topshirildi. Bu haqda Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

O‘tkazilgan tantanali tadbirda Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Farhodjon Shermatov, Shovot tuman hokimi Hakimjon Otaxonov, tuman “Nuroniy” jamg‘armasi raisi Qadamboy Matsapayev, quruvchilar hamda harbiylar ishtirok etgan.

“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, muddatli harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli, harbiy xizmatga chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega bo‘lmagan, biroq Qurolli kuchlar safiga muddatli harbiy xizmatga chaqirilmagan shaxslar Safarbarlik chaqiruvi rezerviga olinadi.

Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga o‘n sakkiz yoshdan yigirma yetti yoshgacha bo‘lgan chaqiriluvchilar olinadi va ular maxsus hisob raqamga pul badalini to‘laganlaridan so‘ng oylik harbiy yig‘inlarga jalb etiladi. Oylik yig‘inni o‘tab, qasamyod qabul qilganlarga harbiy guvohnoma beriladi.

Avval Qoraqalpog‘istonda harbiylar uchun qurilgan yangi uylar foydalanishga topshirilgani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2020, 13:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют