» » Safarbarlik chaqiruv rezervi uchun to‘lanadigan badal puli miqdori salkam 1,3 million so‘mga kamaytirildi

Safarbarlik chaqiruv rezervi uchun to‘lanadigan badal puli miqdori salkam 1,3 million so‘mga kamaytirildi


O‘zbekiston Prezidentining 2018-yilning 2-fevraldagi farmoniga muvofiq, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga qabul qilingan fuqarolar tomonidan maxsus hisob raqamiga to‘lanadigan pul badali 5-fevraldan boshlab eng kam oylik ish haqining 20 barobari (3-fevral holatiga ko‘ra, 3 444 800 so‘m) etib belgilandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bunga qadar safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga qabul qilingan fuqarolar tomonidan maxsus hisob raqamiga to‘lanadigan pul badali eng kam oylik ish haqining 27,5 barobari (3-fevral holatiga ko‘ra, 4 736 600 so‘m)ni tashkil etardi.

Joriy yilning fevral-mart oylarida tuman (shahar) chaqiruv komissiyalari tomonidan safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga o‘tkaziladigan chaqiruv yoshidagi fuqarolar yangidan belgilangan miqdor bo‘yicha shartnomalar imzolab, pul badalini to‘lashlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi qonunga asosan, 2003-yildan boshlab chaqiruv yoshidagi fuqarolar uchun harbiy xizmat turi sifatida safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat joriy etilgan.

Unga muvofiq, muddatli harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli, chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega bo‘lmagan, biroq Qurolli Kuchlar safiga navbatdagi muddatga chaqirilmagan shaxslar safarbarlik chaqiruvi rezervi safiga olinadi.

Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat hududiy prinsip asosida oylik yig‘inlar tarzida tashkil etilgan bo‘lib, chaqiriluvchilar tomonidan maxsus hisob raqamga pul badali kiritilishini nazarda tutadi.

Vazirlar Mahkamasining 2003-yildagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga olinadigan fuqarolar tomonidan maxsus hisob raqamiga to‘lanadigan pul badallarining to‘lanish tartibi va shartlari Qurolli Kuchlarda harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv davrida chaqiriluvchi va Mudofaa vazirligi nomidan hududiy mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i o‘rtasida tuziladigan shartnomada belgilanadi.

Safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga olingan chaqiriluvchilar tomonidan pul badallari, ularni safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga olinganidan keyin bir yil mobaynida Xalq banki orqali to‘lanadi. Tomonlarning kelishuviga ko‘ra, to‘lov to‘liq hajmda bir yo‘la yoki bosqichma-bosqich amalga oshirilishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-02-2018, 15:28)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 13) ( 0) ( 13) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют