» » Dilbar Ikromovaning hamkasblari uning qarigan chogida ijarama-ijara, sarson bolib yashaganini sozlab berdi

Dilbar Ikromovaning hamkasblari uning qarigan chogida ijarama-ijara, sarson bolib yashaganini sozlab berdi


Milliy telekanalining M-kokteyl loyihasining maxsus soni 25-avgust kuni koronavirus oqibatida vafot etgan Ozbekiston xalq artisti Dilbar Ikromovaga bagishlandi. Korsatuvda aktrisaning hamkasblari, taniqli aktyorlar uni yodga oldi.

Dilbarni eshitib, tamom boldim. Nega dunyo bunaqa? Mayli, bandalik olim haq, degani. Lekin inson yoshini yashab, qilgan mehnatlarining rohatini korsa bolmasmidi? Nimaga telba-teskari, berohat bolib ketdi bu ayol?, degan narsa har bir insonning dilini xufton qilyapti hozir, deydi Ozbekiston xalq artisti Erkin Komilov.

Dilbardaka aktrisa boshqa teatrga kelmaydi. Hali juda uzoq, 70, 80 yil bordir, lekin Dilbardaka yurakli aktrisa yoq. Bu gaplarni men bir aktyor sifatida aytaman. Dilbar indamay turganda ham sahnada yashardi. U juda katta yurakli aktrisa edi. Ozbekcha raqs spektaklidagi uning rolini endi hech kim oynay olmasa kerak. Dilbar bu obrazni ozi bilan olib ketdi. Qirmizi olma, Chimildiqdagi obrazini ham olib ketdi, deya sozlarini davom ettiradi Erkin Komilov.

Hayotda kamtarin, hokisor bolgan aktrisa hayotining songgi yillarini gam-qayguda, katta qiyinchiliklar bilan otkazdi.

Dilbar bilan dardkash edik. Biz u bilan institut yillaridan tanish edik. Oxirgi marta yarim oycha avval gaplashgandik. Oshanda ham dardini aytgandi. Keyin biroz mazam bolmadi, issigim chiqdi, Xudoga shukur, hozir tuzalib qoldim degandi, deydi taniqli aktrisa Muhabbat Abdullayeva.

Korsatuvda qayd etilishicha, millionlab muxlislar qalbidan joy egallagan Ozbekning Sottisi keksaygan chogida oilaviy kelishmovchiliklar tufayli ijarada yashagan.

Uning qayerda yashashini hech kim bilmasdi. Masalan, janozaga borish uchun hammamiz bir-birimizdan soradik. Chunki kochib-kochib, u yoqda bu yoqda, singlisinikida, ijarada yashadi. Bir-ikki marta syomkaga singlisinikidan olib ketdik. Oshanda biz bir-ikki marta dardlashdik, Xudo rahmat qilgur, armonda ketdi-da. Shu bolasini baxtli qilaman, deb butun umr bolasi uchun yashadi, deydi Muhabbat Abdullayeva.

Bilamiz, nima uchun shunaqa bolganini ham. Osha ayol kimligini ham bilamiz. Xudoga soldik, Alloh bor. Osha insonlarning agar vijdoni bolsa, mayli ozlari korsin. Dilbar birovga yomonlik qiladigan ayol emasdi. Biz u bilan 35-40 yil birga ishlaganmiz. Hech qachon birovga yomonlik qilgan emas. Nima sababdan bunday roshnolik kormadi dargohidan?, deydi Erkin Komilov.

Mavzuga doir:Ozbekning Sottisini xotirlayotgan sanatkorlar, xonanda dugonalarining giybatidan dili ogrigan Shahzoda. Instagram yangiliklari



Manba: Daryo.uz
: admin (30-08-2020, 14:40)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 8) ( 0) ( 6) ( 2)
:
-
:
20 ... -