» » “Tengiz” — bir ayol qismatiga bag‘ishlangan haqqoniy drama

“Tengiz” — bir ayol qismatiga bag‘ishlangan haqqoniy drama


“O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan rejissor Mansur Abduxoliqov tomonidan suratga olingan “Tengiz” badiiy filmida bir ayolning hayoti, uning atrofidagilar, turmush tarzi haqida hikoya qilinadi. Bundan tashqari, filmda qoraqalpoq xalqining urf-odatlari, madaniyati, Orol dengizining “taqdiri”, Mo‘ynoqliklar ichki kechinmalari ifodalangan.

Ushbu film, asosan, Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq shahrida istiqomat qiluvchi Manzura Yerniyozova va uning jasoratiga bag‘ishlanadi. Filmda badiiy to‘qimalar mavjud. Lekin film sujetiga bu ayolning tushkunlikka tushmay tikuvchilikni o‘rganib, tadbirkorga aylangani, yoshlarga ibrat bo‘layotgani, iroda va matonati asos qilib olingan. Baxtsiz tasodif tufayli o‘ng oyoq-qo‘lidan ajralgan Tengiz ismli kelinning bir zumda to‘kis ko‘ringan baxtidan ayrilishi haqidagi voqea bilan boshlansa, filmda kelgusi sahnalar ancha ko‘tarinki tus oladi. To‘g‘ri, u sevgan yoridan, baxtidan voz kechadi, lekin o‘zining tirishqoqligi va mehnati tufayli yana hayotga qaytadi.

Filmning ssenariy mualliflari G‘afur Shermuhammad va Shuhrat Rizayev, postanovkachi operator Dilmurod Turdiboyev. Rollarda Sitora Farmonova, Ko‘pjursin Allanazarov, Roza Piyazova, Feruza Saidova, Lizaxon Haqnazarova va boshqalar.

“Tengiz” badiiy filmining Qoraqalpog‘istonda milliy namoyishi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Shuningdek, “O‘zbekkino” Milliy agentligi tomonidan yurtimiz telekanallarida 10 dan ortiq film va multfilmlar namoyish etilmoqda. Eslatib o‘tamiz, 1-sentabr kuni “Tengiz” badiiy filmining milliy televizion namoyishi bo‘lib o‘tishi xabar berilgandi.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2020, 15:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют