» » Rasman: “Real” yarim himoyachisi “Sevilya”ga o‘tdi

Rasman: “Real” yarim himoyachisi “Sevilya”ga o‘tdi


“Real” yarim himoyachi Oskar Rodrigesning “Sevilya”ga o‘tganini e’lon qildi.

“Real” Oskarga klubimiz tarkibida o‘tkazgan mavsumlardagi fidoyiligi va professionalligi uchun minnatdorchilik bildiradi va unga keyingi faoliyatida omad tilaydi.

“Real Madrid” bayonoti

“Sevilya” futbolchi transfer huquqining 75 foizi uchun 16 million yevro to‘lagan, qolgan 25 foizini “qaymoqranglilar” o‘zida saqlab qolgan. Rodrigesning Madrid klubi bilan shartnomasi 2023-yilgacha mo‘ljallangan edi.

Qayd etish joiz, yarim himoyachi so‘nggi ikki mavsumni “Leganes”da ijarada o‘tkazdi va klubni Segundaga tushib ketishidan qutqarib qola olmadi. Rodriges La Liga 2019/20-yilgi mavsumida 30 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2020, 15:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют