» » Key-Liga. “Kvanju” 10 ta gol urilgan o‘yinda irodali g‘alabaga erishdi. Rustam Ashurmatovdan gol (Video)

Key-Liga. “Kvanju” 10 ta gol urilgan o‘yinda irodali g‘alabaga erishdi. Rustam Ashurmatovdan gol (Video)


Futbol bo‘yicha Janubiy Koreya chempionatining 18-turidan o‘rin olgan bahslar 30-avgust, yakshanba kuni yakunlandi.

“Kvanju” jamoasi “Tegu” maydonida mehmon bo‘ldi. Gollarga boy bo‘lgan bahsda mehmonlar irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. Birinchi bo‘lim debyutida teguliklar tezkor gol evaziga oldinga o‘tib olgan bo‘lsa, bunga maydon egalari tanaffusga qadar Felipe va Rustam Ashurmatovning gollari bilan javob qaytardi.

Ikkinchi bo‘limda darvozalar yana yetti bor ishg‘ol etildi. Mezbonlar safida Villian Barboza, Felipe, Lim Min Hyok va Kim Ju Gon o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. “Tegu”ning javob gollariga Sezinya va Edgar Silva muallif bo‘ldi.

Parallel kechgan bahsda “Sonnam” jamoasi “Pohang Stilers” maydoniga safar qilib, g‘alabani qo‘ldan chiqardi. Uchrashuvda Jamshid Iskandarov 45-daqiqada harakat qildi.

Yana bir o‘yin “Ulsan Hyonday” va “Seul” jamoalari o‘rtasida kechdi. Ikrom Aliboyev qatnashmagan bahsda poytaxtliklar yirik hisobdagi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.

Key-Liga

18-tur bahslari

30-avgust, yakshanba

Gollar: 1:0 – 2 Damyanovich, 1:1 – 24, penalti Felipe, 1:2 – 30 Ashurmatov, 2:2 – 50, penalti Sezinya, 2:3 – 61 Barboza, 2:4 – 63 Felipe, 3:4 – 67 Edgar Silva, 3:5 – 80 Lim Min Hyok, 3:6 – 82 Kim Ju Gon, 4:6 – 90 Sezinya.

“Tegu”: Ku Son Yun, Kim Don Jin, Kim U Sok, Chon Te Uk (Edgar Silva, 64), Cho Jin U, Chon Shin Von, Kim Son Min (Li Jin Hyon, 77), Nisi (Ryu Je Mun, 70), Sezinya, Damyanovich, Kim De Von.

“Kvanju”: Yun Phyon Guk, Hon Chun Ho, Li Min Gi, Kim Chhan Su, Ashurmatov, Barboza (Kim Ju Gon, 79), Yo Bon Hun, Tu Hyon Sok (Kim He Gi, 66), Pak Chon Su, Om Von San (Lim Min Hyok, 77), Felipe.

Gollar: 0:1 – 20 Na San Ho, 1:1 – 52 Ilyuchenko, 2:1 – 56 Ilyuchenko.

Gollar: 1:0 – 18 Li Chhon Yon, 2:0 – 41 Junior Negao, 3:0 – 90 Chon Hun Son.

18-turdan keyin musobaqa jadvali quyidagi ko‘rinishni oldi:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2020, 19:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют