» » Pro-Liga. “Dinamo” “Xorazm”ni mag‘lub etib, mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi

Pro-Liga. “Dinamo” “Xorazm”ni mag‘lub etib, mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi


Futbol bo‘yicha Pro-Liganing 3-turidan o‘rin olgan “Dinamo” va “Xorazm” jamoalari o‘rtasidagi qoldirilgan uchrashuv 30-avgust, yakshanba kuni o‘tkazildi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limi o‘rtacha tempda o‘tdi va maydonda teng kurash kechdi. Ikkinchi bo‘lim debyutida maydon egalari Oybek Nurmatovning penaltidan urgan golidan keyin oldinga o‘tib oldi.

55-daqiqada Ravshan Sultonov muvozanatni tiklashga erishdi. Biroq oradan besh daqiqa o‘tib Andrey Sidorov samarqandliklarning ikkinchi golini urdi. 83-daqiqada Komil Sharofutdinov yakuniy hisobni o‘rnatdi — 3:1.

Mavzuga doir: Pro-Liga o‘yinlari O‘zbekiston bo‘yicha jonli efirga uzatilishni boshladi (foto)

Shu tariqa “Dinamo” mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Dastlabki ikki turda jamoa mag‘lubiyatga uchragandi.

Pro-Liga

3-tur bahsi

30-avgust, yakshanba

Gollar: 1:0 – 48, penalti Nurmatov, 1:1 – 55 Sultonov, 2:1 – 60 Sidorov, 3:1 – 83 Sharofutdinov.

3-turdan keyin musobaqa jadvali quyidagi ko‘rinishni oldi:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2020, 20:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют