» » Livan prezidenti inqiroz sharoitida mamlakatni dunyoviy davlatga aylantirishga chaqirdi

Livan prezidenti inqiroz sharoitida mamlakatni dunyoviy davlatga aylantirishga chaqirdi


Livan prezidenti Mishel Aun mamlakatdagi siyosiy tizimni o‘zgartirib, hokimiyatni shakllantirishning fuqarolar urushidan qolgan konfessional prinsipidan voz kechishga va Livanni dunyoviy davlatga aylantirishga chaqirdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.

Bunday bayonotni u Buyuk Livan davlati tashkil etilganining 100 yilligi munosabati bilan mamlakatda davom etayotgan inqirozlar hamda Livan poytaxtining yarmini vayron qilgan va 190 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan Bayrut portidagi portlash oqibatida yuz bergan fojia fonida aytdi.

Mavzuga doir: Bayrutdagi portda yuz bergan portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 190 nafarga yetdi

“Men Livanni dunyoviy davlat deb e’lon qilishga chaqiraman va konstitutsiyada aks etadigan hammaga ma’qul bo‘lgan aniq ifodaga kelish uchun siyosiy va diniy yetakchilarni muloqotga chorlayman. Livan undagi ishlarni boshqarishda davlatning fuqaroligi va dunyoviyligiga asoslangan yangi tushunchaga muhtoj”, — degan Aun. Uning nutqi Livanning bir necha telekanallari orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatilgan.

Livan prezidentining ta’kidlashicha, hokimiyatning konfessional belgilariga ko‘ra bo‘lingani tufayli Livan bir emas, bir necha respublikalardan iborat.

Eslatib o‘tamiz, Livan poytaxti Bayrut shahridagi portda 4-avgust kuni kuchli portlashlar yuz berdi. Mazkur hodisadan keyin Bayrutda ommaviy namoyishlar boshlandi va namoyishchilar mamlakat hukumatini iste’foga chiqishga chaqirdi. Ularning fikricha, aynan mamlakat rasmiylari portda ammoniy nitrati saqlanishi sharoitlarini ta’minlamagani sababli yuz bergan portlashlar uchun javobgar hisoblanadi. Ommaviy namoyishlar sababli Livan hukumati iste’foga chiqishga qaror qildi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2020, 14:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют