» » Viskonsin gubernatori Trampni Kenosha shahriga kelmaslikka chaqirdi

Viskonsin gubernatori Trampni Kenosha shahriga kelmaslikka chaqirdi


Viskonsin shtati gubernatori Toni Evers 30-avgust kuni AQSh prezidenti Donald Trampga rasmiy maktub yo‘llab, uning Kenosha shahriga tashrif buyurmasligini qattiq tavsiya qildi. Prezidentning tashrifi shahardagi vaziyatni tartibga solishga xalaqit berishi mumkin. Maktub matni Axios portali tomonidan e’lon qilingan.

“Tushunishimcha, kecha kechqurun (29-avgust kuni — tahr.) Kenoshaga tashrif buyurish istagini ma’lum qilibsiz va Oq uy xabariga ko‘ra, bu ishni seshanba kuni amalga oshirmoqchi ekansiz. Bugun men hurmat bilan fikringizni o‘zgartirishingizni so‘rab yozmoqdaman”, — deyiladi Eversning Trampga maktubida.

“Men va jamiyatimizning bog‘lanishga muvaffaq bo‘lgan boshqa yetakchilari shtatimizga tashrifingiz Kenosha uchun nimalarni yuzaga keltirishidan xavotirda. Sizning ishtirokingiz tartibsizlikni bartaraf etish borasidagi bizning harakatlarimizni faqatgina sekinlashtirishi va oldinga harakatlanishimizga to‘sqinlik qilishi mumkin”, — deya ta’kidlaydi gubernator.

Evarsning qo‘shimcha qilishicha, Oq uy rahbarining tashrifi hozirda hamjamiyatni qayta tiklash uchun zarur bo‘lgan resurslarni talab qiladi.

Mavzuga doir: Tramp Viskonsindagi tartibsizliklarni bartaraf etish uchun Milliy gvardiyani yuborish bo‘yicha topshiriq berdi

Eslatib o‘tamiz, 23-avgust kuni Viskonsinda mahalliy politsiyachilar Jeykob Bleyk ismli qora tanli erkakka qarata yetti marta o‘q uzganidan so‘ng norozilik namoyishlarining yangi to‘lqini boshlandi. Shaharda ommaviy tartibsizliklar boshlangan, odamlar avtosalon va avtomobillarni yoqib yuborgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2020, 14:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют