» » Qo‘qonda 28 yoshli fuqaroni do‘pposlab, velosiped va telefonini o‘g‘irlagan shaxslar ushlandi

Qo‘qonda 28 yoshli fuqaroni do‘pposlab, velosiped va telefonini o‘g‘irlagan shaxslar ushlandi


Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida 28 yoshli fuqaroga nisbatan bosqinchilik qilgan voyaga yetmagan shaxslar qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda viloyat IIB axborot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, 25-avgust kuni soat 01:30 larda A.A, O‘.I. va 16 yoshli voyaga yetmagan M.J. ismli shaxslar bir guruh bo‘lib, Muqimiy shaharchasi ko‘p qavatli uylar orasida joylashgan yo‘lak orqali yashash uyiga velosipedda ketayotgan 28 yoshli Y.D.ni to‘xtatib, urib do‘pposlab, narxi 2 000 000 so‘mlik Mongoose rusumli velosipedi hamda narxi 1 500 000 so‘mlik Honor 10 Light rusumli uyali telefon apparatini bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan A.A., O‘.I. va M.J.ga nisbatan Qo‘qon shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi “b” bandi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib bosqinchilik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, O‘.I.ga nisbatan sud tomonidan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2020, 07:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют