» » Indoneziya olimlari koronavirusning mutatsiyaga uchragan shtammini aniqladi

Indoneziya olimlari koronavirusning mutatsiyaga uchragan shtammini aniqladi


Indoneziya olimlari mamlakatda koronavirusning ilmiy doirada D614G deb nom olgan mutatsiyaga uchragan shtammini aniqladi. Bu haqda 31-avgust kuni The Star gazetasi xabar berdi.

“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, turi o‘zgargan ushbu virus bilan mamlakatda infeksiyaga chalinganlarning 40 foizi kasallangan”, — deb ta’kidlagan Jakartada joylashgan Eykman nomidagi Molekulyar biologiya instituti rahbari Amin Soyebandrio. Shu bilan birga, aniqroq xulosaga kelish uchun qo‘shimcha tadqiqotlar olib borilayotganini bildirgan.

Olim D614G mutatsiyasida virus yuqishini eslatib o‘tgan, lekin bu infeksiyaning og‘irroq o‘tishini isbotlovchi ilmiy dalillar yo‘qligini ham qayd etgan.

JSST vakillar mutatsiya fevral oyidayoq, xususan, Yevropa, Meksika, Braziliyada, shuningdek, Xitoyning Uxan shahrida tarqalgan virusning dastlabki namunalaridayoq aniqlagani haqida avvalroq xabar bergandi. Bundan tashqari ikki hafta avval Filippinda ham o‘zgargan shtamm borligi tasdiqlangan.

Ayni paytda Indoneziyada 172 ming kishida koronavirus qayd etilgan, ularning 7,3 ming nafardan ortig‘i kasallikdan vafot etgan. So‘nggi bir necha kunda mamlakatda infeksiyaga chalinganlar bo‘yicha kunlik rekord yangilanmoqda.

Avvalroq AQSh bosh infeksionisti koronavirusning xavfli mutatsiyasidan ogohlantirgandi. Hindistonlik shifokorlar ham yangi turdagi koronavirusning 10 ta mutatsiyasini aniqlagan.

Mavzuga doir: Indoneziyada evkaliptdan yasalgan koronavirusni o‘ldiruvchi taqinchoq ommaga taqdim etildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2020, 09:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют