» » JSSTda koronavirusga qarshi vaksina samaradorligi necha foiz bo‘lishi kerakligi aytildi

JSSTda koronavirusga qarshi vaksina samaradorligi necha foiz bo‘lishi kerakligi aytildi


Turli davlatlarda ishlab chiqilayotgan koronavirusga qarshi vaksinalar samaradorligi kamida 50 foiz bo‘lishi kerak. Bu haqda JSSTning bosh ilmiy xodimi Sumya Svaminatan 31-avgust kuni bo‘lib o‘tgan brifingda bildirdi.

“Xavfsizlik mezonlariga javob berishi uchun vaksina kamida 50 foiz holatda samaradorligini ko‘rsatishi kerak”, — degan u. Svaminata, shuningdek, samaradorligi 30 foizdan past bo‘lgan vaksinalarni ro‘yxatga olmagan ma’qullligini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, COVID-19’ga qarshi dunyodagi birinchi vaksina 11-avgustda ro‘yxatdan o‘tkazilgandi. Rossiyaning Gamaleya nomidagi ilmiy markazi ishlab chiqqan ushbu vaksina klinik sinovlari yakunlanmasdan ro‘yxatdan o‘tkazilgan. JSST rasmiylari vaksinaning bunday tartibda juda tez ro‘yxatdan o‘tkazilishiga shubha bilan qaragan va uni dunyoning boshqa mamlakatlariga tavsiya qilish uchun u haqida ko‘proq ma’lumot olish kerakligini qayd etgan.

Avvalroq Avstraliyada koronavirusga qarshi vaksinaning odamlardagi sinovlari boshlangani, Qozog‘iston hukumati COVID-19’ga qarshi vaksinaning klinik sinovlariga ruxsat bergani, Xitoyda ilk bor hasharotlar asosida ishlab chiqilgan vaksina sinovdan o‘tkazilishi xabar berilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2020, 12:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют