» » Qamchiq dovonidan Qozogistongacha: Qurut tayyorlash bilan shugullanuvchi samarqandlik tadbirkor hikoyasi

Qamchiq dovonidan Qozogistongacha: Qurut tayyorlash bilan shugullanuvchi samarqandlik tadbirkor hikoyasi


Ozbekistonda temir daftar atamasi paydo bolgach, respublikaning barcha hududlarida aholining ehtiyojmand qatlamiga issiqxonalar qurib berish, parranda va chorva mollari tarqatish hamda yangi ishchi orinlari yaratish orqali kambagallikka qarshi kurashilmoqda. Samarqand viloyati Ishtixon tumani 3-sektor rahbari tuman Ichki ishlar bolimi boshligi Sirojiddin Sharipov ham oz hududidagi tadbirkorlarni qollab-quvvatlab, temir daftardagi oilalar bandligini taminlamoqda. Daryo muxbiri viloyatga qilgan tashrifi chogida qurut tayyorlash bilan shugullanib kelayotgan Nodirxon agro lyuks nur MChJ rahbari Nodir Islomov korxonasida boldi.

Oilaviy tadbirkorga aylanishni niyat qilardik

Faoliyatimiz dastlab 1993-yilda boshlangan. Volidam va biznesdagi ustozim Mahbuba hoji Islomova oila budjetiga hissa qoshish maqsadida uy yumushlaridan ortib, qurut tayyorlardi va uni Kattaqorgon tumani dehqon bozorida sotardi.

1995-yil akam maktabni bitirdi va onamning dastyoriga aylandi. U qurutlarni Toshkent shahridagi Chorsu bozoriga olib borib, pullab kelardi. Boshida dadam biroz qarshilik korsatib, yosh bolani yolgiz begona joyga jonatmaganimiz maqul. Notanish odamlardan kaltak yeb, ham qurutni, ham pulini oldirib qoymasin, degan gapni kop takrorladi. Ammo volidam akamni mehnatkash bolib ulgayishini istardi. Oradan bir necha yil otib, Xurshid akam Navoiy viloyatiga harbiy xizmatga ketdi. Uning orniga men uydagilarning qanoti ostiga kirdim.

2012-yili oilaviy tadbirkorligimizni kengaytirishga qaror qilib, Nodirxon agro lyuks nur MChJni tashkil etdik. 30 sotix yer maydonida sex bunyod bolgach, koplab ish orinlari yaratishga erishdik. Shundan song asta-sekin faoliyatimiz hajmi ortib bordi.

Bundan yigirma yil avval kun kelib katta tadbirkorga aylanishimizni niyat qilganimiz rost. Sababi boshida juda qiynalganmiz: foyda olish, oz xaridorlarimizni topish oson kechmagan. Shu ishimiz tufayli ota-onamga Haj ziyoratiga borish nasib qildi. Biz farzandlar uyli-joyli boldik, zamonaviy avtomashinalar oldik. Hammasi uchun behisob shukr!.

Yuzlab mahalladoshlarni ish bilan taminladik

Qishloqda istiqomat qilganim uchunmi, mahalla-koydagi ishsizlarga yordam qolini chozgim keladi, ular ham farovon hayotda yashashini istayman.

Ayni paytda oilaviy korxonamizda 34 nafar xotin-qiz va yoshlardan iborat ishchimiz bor. Ular kuniga ortacha 60-70 ming som, bir oyda esa 2 million somga yaqin daromad topishadi. Karantin vaqtida ham ishimizni toxtatmadik. Ishchilar orasida avval Rossiyaga borib, ogir mehnat qilganlar ham yoq emas.

Bundan tashqari, qoshni qishloqlardagi ishsiz onlab fuqarolarni ham ish bilan taminlaganmiz. 30 ta oilaviy xojalik biz tarqatgan suzma (chakki)dan xonadonlarida qurut tayyorlaydi va ozimiz tayyor mahsulotning bir kilosini ming somdan sotib olamiz. Oyiga 3 million somgacha, yani hammaga harakati va qilgan ishiga yarasha maosh beriladi.

Shu orinda aytishim kerakki, faoliyatimizni tuman davlat sanitariya va epidemiologiya osoyishtaligi markazi xodimlari kuchli nazorat qilib boradi. Sanitariya va gigiyena talablariga qatiy amal qilib, ish yuritamiz.

Mahsulotlarimiz Qozogistonga ham kirib bormoqda

Asosiy xomashyomiz hisoblangan suzmani respublikamizning barcha viloyatlaridan ishonchli odamlarimiz orqali xarid qilamiz. Oyiga 30-40 tonna suzma yigamiz. Dasht hududlarda boqiladigan sigir sutidan olinadigan suzmadan tayyorlangan qurutlarga ehtiyoj katta. Odatda barcha tumanlardan keltirilgan suzmalarni aralashtirib, songra qurut ishlab chiqaramiz. Chunki qurut tami meyorida boladi: nordon yoki ota yogli bolib ketmaydi.

Hozirgi pandemiya davrida oyiga 4-5 tonna qurut tayyorlab, xaridorlarga yetkazyapmiz. Qurutlarimizga nafaqat voha viloyatlari, balki vodiyda ham talab kuchli. Qamchiq dovonida patir nonlar bilan birga bizning qurutlarimiz ham sotiladi. Mahsulotlarimiz Qozogistongacha kirib borayotgani quvonarli, albatta.

Ishtixon quruti brendga aylanadi

Qurut tayyorlashdan tashqari, besh yildan buyon pista qovurib, qadoqlash biznesi bilan ham shugullanaman. Toshkent shahrining Uchtepa tumanida seximiz mavjud. Chust tumanining Olmos qishlogi va Toshkent viloyatining bir qancha tumanlaridan xom pistani xarid qilamiz. Oyiga 8-9 tonna pista qovurilib, qadoqlanadi va mahalliy bozorda sotiladi. Bir oyda ortacha 4-5 million som sof foyda topamiz.

Kelgusida har ikkala faoliyatimni ham kengaytirish niyatidaman. Ayniqsa, qurut eksportiga katta ahamiyat qaratmoqchiman. Afgoniston, Qirgiziston kabi Orta Osiyo davlatlaridan tashqari, onlab Osiyo mamlakatlaridan ham biznes hamkorlar topib, Ishtixon qurutlarini brend darajasiga olib chiqishni maqsad qilganman.

Tadbirkorga transformator ornatib berildi

Sirojiddin Sharipov, Ishtixon tumani IIB boshligi, podpolkovnik:

Tumandagi faoliyatimni boshlaganimga tort oy boldi. May oyida sektor hududimga qarashli Chinortepa mahallasi fuqarolari bilan uchrashib, ularning fikr va takliflarini eshitdim. Boshida mahalladagi temir daftarga kirgan oilalarga jojalar tarqatib, komaklashmoqchi edim. Keyin bilsam, Chinortepadagi aksariyat xonadon egalari uzoq yillardan beri qurut tayyorlab, tadbirkorlik qilisharkan. Ishbilarmonlar ozini qiynayotgan bir qancha muammolarga yechim topishda komaklashishimni takidlashdi.

Xususan, Nodirxon agro lyuks nur MChJ rahbari Nodir Islomov ishlab chiqarish sexi oldiga transformator ornatish maqsadida bir yildan buyon turli tashkilotlarga yordam berishlarini sorab, sarson yurganini aytdi. Uning murojaatini qisqa vaqt ichida hal etdik.

Aholi bandligini taminlash va kambagallikka qarshi kurashda oziga xos reja asosida ish yuritayotgan tumandagi tortala sektor rahbariyati Ishtixonni qurutchilar hududiga aylantirishni maqsad qilgan. Bu borada, asosan, ayollar va yoshlarni doimiy ish bilan taminlashga alohida etibor berilmoqda.



Manba: Daryo.uz
: admin (1-09-2020, 15:25)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 29) ( 0) ( 26) ( 3)
:
-
:
20 ... -