» » Samarqand shahar hokimligi 149 500 ta oilaning ijtimoiy ahvolini o‘rganib chiqdi

Samarqand shahar hokimligi 149 500 ta oilaning ijtimoiy ahvolini o‘rganib chiqdi


Samarqand shahar hokimligi tomonidan shahardagi mavjud 149 500 oilaning ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti o‘rganib chiqildi. O‘rganish jarayonida 5613 ta oila muhtoj oila sifatida “temir daftar”ga kiritilgan. “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga “Saxovat va ko‘mak” harakati doirasida shu vaqtga qadar jami 10,5 milliard so‘mlik ijtimoiy ko‘mak berilgan. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Samarqand shahar hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, saxovatpesha tadbirkorlar hamda saxiy fuqarolar tomonidan jami 5,2 milliard so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari va respublika budjetidan Qurbon hayiti arafasida 1348 ta oilaga 1 million so‘mdan 1 milliard 348 million so‘m pul mablag‘lari berilgan.

Aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘llab-quvvatlash borasida 2020-yilning 30-iyul kuni qabul qilingan “Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoniga asosan 18 661 nafar a’zosi bo‘lgan 4 579 ta oilaga 4,1 milliard so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatilgan. Shuningdek, shaharda mehnatga layoqatli, ammo ishsiz 4792 nafar fuqaroning 3661 nafari ish bilan ta’minlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda ishsiz fuqarolar soni 61 mingga yaqinlashgani, shundan 28 mingdan ortig‘i ishsiz ayollar ekani xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 18:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют