» » Navoiydagi svetoforli chorrahada piyodalar uchun qurilgan 15 mlrd so‘mlik ko‘prik foydalanishga topshirildi (video)

Navoiydagi svetoforli chorrahada piyodalar uchun qurilgan 15 mlrd so‘mlik ko‘prik foydalanishga topshirildi (video)


Navoiy shahrida Amir Temur va G‘alaba ko‘chalari kesishmasida qurilgan piyodalar uchun yer usti mega-ko‘prigi foydalanishga topshirildi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Mustaqilligining 29 yilligi arafasida foydalanishga topshirilgan ko‘prik daqiqasiga 400 ga yaqin piyoda o‘tadigan svetoforlar bilan tartiba solingan chorrahada joylashgan.

Mazkur inshootning metall-konstruksiya ishlari “Navoiy-janub sanoat montaj” AJ jamoasi tomonidan olib borilib, uning qad rostlashida 170 metall-konstruksiya ishlari amalga oshirilgan.

Ko‘prik balandligi 5,5 metr, uzunligi 130 metrni, eni esa 4,5 metrni tashkil etadi. Ko‘prikning to‘rt tomonidan lift faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Ko‘prikning ochilish marosimida so‘zga chiqqan Navoiy shahar hokimi dastavval uning qurilishi g‘ayrioddiy dizayn va yechimga ega ekanligi haqida fikr yuritib, qurilishda ishtirok etgan hamda jonbozlik ko‘rsatgan quruvchilarni taqdirlagan.

Avvalroq ushbu ko‘prik loyihasi qiymati 15 milliard so‘mdan ortiqni tashkil etishi to‘g‘risida xabar berilgandi. Qayd etilishicha, ko‘prik qurilishi 2019-yilning aprel oyida boshlangan bo‘lib, o‘shanda uning qiymati 12 milliard so‘m deb e’lon qilingan, shuningdek, u 2019-yil sentabrida foydalanishga topshirilishi aytilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2020, 16:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 105) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют