» » Toshkent viloyatida OTMlarga kirish imtihonlari o‘tkaziladigan hududlarda yopiladigan ko‘chalar ma’lum qilindi

Toshkent viloyatida OTMlarga kirish imtihonlari o‘tkaziladigan hududlarda yopiladigan ko‘chalar ma’lum qilindi


O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlariga 2020/2021-o‘quv yili uchun kirish imtihonlarida Toshkent viloyatidan jami 118 598 nafar abituriyent qatnashishi rejalashtirilgan. Abituriyentlar viloyatning turli shahar va tumanlaridan Toshkent shahriga kelishini inobatga olgan holda hamda abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent viloyatining barcha tuman-shaharlari markazlaridan Toshkent shahar yo‘nalishida qo‘shimcha transport vositalari qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Toshkent viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Boshqarma test sinovlari davrida harakatlanish xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida test sinovlari olinadigan joylarda ota-onalar uchun kutish joylari tashkil etilmasligini yana bir marta eslatib o‘tdi. Ota-onalardan farzandlarini uyda kutish, yopilgan ko‘chalar atrofida to‘planib, tirbandliklar yuzaga kelishiga sababchi bo‘lmaslik so‘raladi.

Shuningdek, viloyatning Chirchiq shahrida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Chirchiq davlat pedagogika universitetlarida amaliy imtihonlar olinadi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti joylashgan hududga olib boruvchi Sportchilar ko‘chasida transport vositalari harakati to‘liq to‘xtatiladi.

Chirchiq davlat pedagogika universitet joylashgan hududga olib boruvchi Kasaba uyushmalari va Rudakiy ko‘chalarida ham transport vositalari harakati to‘liq to‘xtatiladi.

Boshqarma harakat ishtirokchilaridan yuzaga kelgan vaziyatni to‘g‘ri anglashni hamda xizmatga jalb etilgan ichki ishlar organlari xodimlari talablarini to‘liq bajarishni, noo‘rin xatti-harakatlar sodir etmaslikni so‘ramoqda.

Avvalroq Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i Diyorbek Qo‘chqorov hududlarda tuman hokimliklari tomonidan abituriyentlar uchun transport tashkil qilish choralari ko‘rilayotganini ma’lum qilgan. Eslatib o‘tamiz, bu yilgi imtihonlarda abituriyentlar 2 ta fandan test yechadi, test savollari osonlashtiriladi, abituriyentlarga antiseptik vositalar, qo‘lqop, niqob, bosh kiyim bepul beriladi, sirtqi ta’limga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun ham imtihonlar 2-sentabrdan boshlanadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2020, 17:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 45) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют