» » Namanganda abituriyentlarni test sinovlariga yetkazish uchun avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Namanganda abituriyentlarni test sinovlariga yetkazish uchun avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi


Namangan viloyatida abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida test sinovlari o‘tkaziladigan manzillarga yetkazish uchun yo‘nalishsiz avtobuslar qatnovi tashkil etiladi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Viloyatda test sinovlari Namangan shahridagi “Barkamol avlod” sport majmuasi, “Dinamo”, “Navbahor-Umid” o‘yingohlari hamda To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Yoshlik” stadionlarida bo‘lib o‘tadi.

Avtobuslar qatnovi 2 smenada tashkil etiladi. Birinchi smenadagi abituriyentlar imtihon kuni soat 04:00 da o‘z tumanlaridagi mutasaddilar tomonidan belgilangan hududga (asosan, tuman hokimliklari binolari) yetib borishi kerak. Avtobuslar 5:00 dan boshlab harakatlanadi.

Ikkinchi smenada esa abituriyentlar 13:00da belgilangan joyga yetib borishlari so‘raladi. Avtobuslar 14:00 da imtihon topshirish manziliga yo‘l oladi. Abituriyentlar avtobuslarda sinovlar o‘tkaziladigan hududlarga olib kelinib, test jarayonlari yakunlangach, yashash manzillariga yetkaziladi.

Viloyat IIB YHXB matbuot xizmatiga ko‘ra, test sinovlari kunlari imtihonlar bo‘lib o‘tadigan sport majmualari va o‘yingohlar oldidagi ko‘chalarda transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.

Ma’lumot uchun, Namanganda ham oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun test sinovlari 2020-yil 2-sentabrdan 13-sentabrga qadar bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.

Mavzuga doir: Termiz va Buxoroda imtihon kunlari ba’zi ko‘chalarda transport vositalari harakati cheklanadi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2020, 20:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют