» » Ilon Mask Sukerbergni ortda qoldirib dunyoning eng boy odamlari uchligidan joy oldi

Ilon Mask Sukerbergni ortda qoldirib dunyoning eng boy odamlari uchligidan joy oldi


Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask Bloomberg ma’lumotiga ko‘ra, dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida uchinchi o‘rinni egalladi, deya xabar bermoqda RBK.

Qayd etilishicha, amerikalik tadbirkor hozirda 115,4 milliard dollarga ega. U 110,8 milliard dollarga ega bo‘lgan Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Sukerbergni ortda qoldirdi.

Ro‘yxatning boshida Amazon rahbari Jeff Bezos, keyin Microsoft asoschisi Bill Geyts turibdi. Bloomberg Bezosning boyligini 200 milliard, Geytsning boyligini 125 milliard dollarga baholamoqda.

49 yoshli Maskning boyligi bu yil 87,8 milliard dollarga o‘sdi. Bunga sabab Tesla aksiyalari narxi yil boshidan beri qariyb 500 foizga ko‘tarilgan.

Mavzuga doir: Ilon Mask Tesla egalariga mo‘ljallangan tanishuv dasturini ishga tushiradi

Sayyoradagi eng boy odamning sobiq rafiqasi Makkenzi Skott, Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, dunyodagi eng boy ayolga aylandi. U 66,4 milliard dollarga egalik qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ilon Mask 10-iyul kuni dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida 7-o‘ringa, 20-iyul kuni 5-o‘ringa va 17-avgust kuni esa 4-o‘ringa ko‘tarilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2020, 23:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют