» » Astraxanda Lada Largus harakat vaqtida asfalt ostiga kirib ketdi. Uni ekskavator bilan chiqarib olishga to‘g‘ri kelgan (video)

Astraxanda Lada Largus harakat vaqtida asfalt ostiga kirib ketdi. Uni ekskavator bilan chiqarib olishga to‘g‘ri kelgan (video)


Rossiyaning Astraxan shahrida Lada Largus harakat vaqtida yarmiga qadar yer ostiga kirib ketdi. Ko‘ngilsiz hodisa 31-avgust kuni Savushkin va Korolyov ko‘chalari burchagida sodir bo‘lgan, jarohat olganlar yo‘q, deb xabar beradi Motor.

Mashinaning yer ostiga kirib ketgani tasvirlangan videolardan biri YouTube’dagi “Rossiya 24” kanalida paydo bo‘lgan. Kadrlardan ko‘rish mumkinki, avtomobil sekin-asta egilib keng asfalt yo‘l ostiga kirib ketmoqda. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Largus tushib ketgan joy suvga to‘la bo‘lgan.

Astraxan IIVB ma’lumotlariga ko‘ra, avtomobil ichida avariya vaqtida uch kishi bo‘lgan. Ulardan hech biriga jarohat yetmagan, biroq universalni chuqurlikdan chiqarib olish oson kechmagan — buning uchun ekskavator chaqirishga majbur bo‘lishgan.

Astraxan administratsiyasi rahbari vazifasini bajaruvchi Mariya Permyakovaning so‘zlariga ko‘ra, ko‘ngilsiz hodisa yo‘l ostidan o‘tgan kanalizatsiya quvurlari shikastlangani sabab yuzaga kelgan: suvlar tuproqni yuvib ketgan va asfalt o‘pirilib tushgan.

Viloyat gubernatori Igor Babushkin Lagrus haydovchisidan uzr so‘rab, yetkazilgan zararni aybdorlar hisobidan qoplab berishni va’da qilgan. Xavfli yo‘l vaqtincha yopilgan, haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya qilinmoqda.

Mavzuga doir: AQShdagi avtomobil turargohida 12 ta mashina yer ostiga quladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2020, 10:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют