» » Tojikiston Sotsial-demokratik partiyasi yetakchisi o‘z tarafdorlarini prezidentlik saylovida qatnashmaslikka chaqirdi

Tojikiston Sotsial-demokratik partiyasi yetakchisi o‘z tarafdorlarini prezidentlik saylovida qatnashmaslikka chaqirdi


Tojikiston Sotsial-demokratik partiyasi oktabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik sayloviga boykot e’lon qildi. Bunday qaror 31-avgust kuni partiya siyosiy kengashi majlisida qabul qilingan. Bu haqda Asia Plus xabar berdi.

Partiya yetakchisi Rahmatillo Zoyirovning ma’lum qilishicha, u partiyaning barcha a’zolarini partiya intizomiga rioya qilishga va ovoz berish uchun saylov uchastkalariga bormaslikka, prezidentlik sayloviga umuman e’tibor bermaslikka chaqirmoqda.

Zoyirovning fikricha, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ko‘rsatilgan muddatda 250 mingta imzo to‘plashning iloji yo‘q.

Uning so‘zlariga ko‘ra, boykotning yana bir sababi mamlakat prezidenti partiya raisi ekanligini hisoblanadi.

“Uning (Emomali Rahmon — tahr) Tojikiston Xalq demokratik partiyasiga rahbarlik qilishi mamlakatda ko‘p partiyaviylik tizimini deyarli yo‘qqa chiqardi va respublikani bir partiyaliga aylantirdi”, — degan Zoyirov.

Bundan tashqari, Zoyirov va uning partiyasi a’zolari boykotning sababi sifatida 2019-yilda qabul qilingan Markaziy saylov komissiyasi haqidagi qonunning yangi tahririni ko‘rsatgan.

“Bu qonunga ko‘ra, siyosiy partiyalar va harakatlar a’zolari markaziy va mahalliy saylov komissiyalarining ishida ishtirok etish huquqiga ega emas, ularning tarkibi esa ijro etuvchi organlar va Tojikistonda hukmron bo‘lgan Xalq demokratik partiyasi vakillari hisobiga shakllantiriladi”, — deya ta’kidlagan partiya yetakchisi.

Tojikistonda prezidentlik saylovi 11-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi. Hozirgi paytgacha prezidentlik o‘rni uchun besh nafar nomzod ilgari qo‘yilgan. Amaldagi prezident Emomali Rahmonning nomzodi Tojikiston Mustaqil kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan ilgari surilgan.

Tojikiston Sotsial-demokratik partiyasi yetakchisi Rahmatillo Zoyirov mamlakat prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘ymaslikka qaror qilganini avvalroq bildirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2020, 11:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют