» » Didli kiyinishning 5 belgisi: trend ortidan quvmang, o‘z kiyinish uslubingizga ega bo‘ling

Didli kiyinishning 5 belgisi: trend ortidan quvmang, o‘z kiyinish uslubingizga ega bo‘ling


O‘ziga xos kiyinish uchun mavsumning so‘nggi trenddagi liboslarini kiyish shart emas. Qanday libosda o‘zingizni qulay his qilishingizni tushunish va uni mavjud tendensiyalar bilan uyg‘unlashtira olishning o‘zi kifoya.

Sifatli mato

Libos, taniqli brend yoki mass-marketdan ekani muhim emas, obrazni arzon ko‘rinmasligi aniq bir marka emas sifatli mato va tartibli tashqi ko‘rinish bilan bog‘liq bo‘ladi. Shu bois xariddan oldin yorliqlarni e’tibor bilan o‘qish, tabiiy matoli liboslarni tanlash va shu bilan birga eskirgan liboslarni vaqti bilan o‘zgartirib turish tavsiya qilinadi.

Garderobdagi uyg‘unlik

Garderobingizda sizga yarashadigan va kiyganda o‘zingizni qulay va go‘zal his qilgan liboslar o‘rin olgan bo‘lishi kerak. Garderobingizni ko‘zdan kechiring, mavjud liboslarni moslab zamonaviy obraz yarating, yetishmaydigan narsalarni xarid qiling. Turli uslubda kiyinishni yaxshi ko‘rgan taqdiringizda ham garderobdagi liboslar bir konsepsiya asosida bo‘lishi kerak. Mos bo‘lmaydiganlarini yaxshisi olib tashlang.

Mavsum trendlari

Trendda bo‘lish uchun brendlarning so‘nggi kolleksiyadagi liboslarini xarid qilishga hojat yo‘q. O‘z uslubingizni zamonaviy reallikka moslashning o‘zi kifoya. Blogerlar tavsiya qilgan har qanday libosni xarid qilishga oshiqmang. Eng avvalo dolzarb bichim, rang va garderobingizdagi liboslar bilan qanchalik uyg‘un bo‘lishiga diqqatingizni qarating. Trend ketidan quvmang — o‘z uslubingizni o‘zingiz yarating.

Joyiga qarab kiyinish

Siz ultraurfdagi libos egasi bo‘lishingizga qaramay borgan joyingizga muvofiq kiyinmagan bo‘lsangiz bari befoyda. Siz yaqindagina xarid qilgan va qachondan beri kiyishni kutganingiz uchungina kiyilgan qizil pir-pirakli ko‘ylak rasmiy uchrashuv uchun umuman mos bo‘lmasligi mumkin. Shu sabab mavsumga, joyga va boradigan uchrashuv formatiga qarab kiyining.

Aksessuar va detallar

Hatto kichik detallar ham obrazning qanday ko‘rinishida rol o‘ynashi mumkin. Buning uchun qimmat tilla yoki brilliantdan bo‘lgan taqinchoq bo‘lishi shart emas, kiyim va kiyinish usuliga mos taqinchoqning o‘zi kifoya. Esda qolarli va o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘lish uchun sumkalarning ham ahamiyati katta. Kamar, bosh aksessuarlari, ko‘zoynak, sharf va boshqa detallar ham obraz uchun zarur hisoblanadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2020, 16:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют