» » Tojikistonda mustaqillik kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan barcha ommaviy tadbirlar taqiqlandi

Tojikistonda mustaqillik kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan barcha ommaviy tadbirlar taqiqlandi


Tojikistonda mustaqillik kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan barcha ommaviy tadbirlar taqiqlandi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Qohir Rasulzoda boshchiligida 2-sentabr kuni o‘tkazilgan koronavirusga qarshi kurash shtabi yig‘ilishida qaror qilindi, deb yozmoqda Asia Plus.

Ma’lum qilinishicha, koronavirusning ikkinchi to‘lqini tarqalishining oldini olish uchun Tojikiston davlat mustaqilligini nishonlashga bag‘ishlangan har qanday tantanali, madaniy-ommaviy tadbirlar, konferensiyalar, yubiley kechalari va boshqa ommaviy tadbirlar o‘tkazishni taqiqlash haqida qaror qabul qilingan.

Xiyobonlar, alleyalar va maydonlardagi xalq sayillariga shaxsiy gigiyena talablariga rioya qilish, majburiy tartibda niqob taqish va ijtimoiy masofaga qat’iy amal qilish sharti bilan ruxsat etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Tojikiston 9-sentabr kuni respublika davlat mustaqilligining 29 yilligini nishonlaydi.

Avvalroq Tojikistonda mustaqillik bayrami ommaviy tadbirlarsiz o‘tkazilishi haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Qirg‘izistonda ham Mustaqillik bayrami tantanalari tomoshabinlarsiz o‘tadi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2020, 23:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 114) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют