» » Tojikistonda Mustaqillik bayrami ommaviy tadbirlarsiz o‘tkaziladi

Tojikistonda Mustaqillik bayrami ommaviy tadbirlarsiz o‘tkaziladi


Tojikistonning barcha shaharlari va tumanlarida koronavirus infeksiyasi sababli Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘tkaziladigan an’anaviy ommaviy tadbirlar 2020-yilda tashkil qilinmaydi. Bu haqda Asia Plus xabar berdi.

Nashrning yozishicha, Dushanbe shahridagi Navro‘zgoh xiyobonida 9-sentabr kuni tojikistonlik mashhur san’atkorlar ishtirokida tashkil qilinadigan an’anaviy tadbir o‘tkazilmaydi.

Ta’kidlanishicha, 2020-yilda pandemiya bilan bog‘liq vaziyat joylarda ommaviy yig‘ilishlar va sayllarni cheklashni talab qilmoqda.

Tashkilot va muassasalarda bayram nishonlangan taqdirda sanitariya me’yorlariga qat’iy amal qilish talab etiladi.

Tojikiston 9-sentabr kuni o‘z mustaqilligining 29 yilligini nishonlaydi.

Shu paytga qadar Tojikistonda 8346 kishida koronavirus aniqlangan, kasallik qurbonlari soni 67 kishiga yetgan, 7142 kishi kasallikdan tuzalishga muvaffaq bo‘lgan. 1000 nafardan ortiq bemor uy sharoitida davolanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ham Mustaqillikning 29 yillik bayrami katta yig‘in va sayillarsiz o‘tadi, bayram oila davrasida nishonlanadi. Bayram arafasida o‘zbekistonliklar ketma-ket 3 kun dam oladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 11:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют