» » Toshkent viloyatining uchta tumanida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

Toshkent viloyatining uchta tumanida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi


Toshkent viloyatining Bekobod, Zangiota va Bo‘stonliq tumanlari aholisiga “Toshkent hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarda to‘xtalishlar kuzatiladi. Bu haqda viloyat hokimligining axborot xizmati xabar bergan.

Xabarga ko‘ra 2020-yil 3-sentabr kuni soat 08:00 dan  12:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida “Zafar    elektr ta’minoti korxonasi” tomonidan “Yangi hayot” MFY hududiga elektr ta’minotini yetkazib beruvchi “Bog‘i shamol” podstansiyasi hamda 13:00 dan 17:00 gacha “Zangiota tumani elektr ta’minoti korxonasi” tomonidan “Navro‘z” MFY, “Qodir Yusupov” MFY hududlariga elektr energiyasini yetkazib beruvchi “Eshonguzar” podstansiyasida texnik ishlar amalga oshiriladi.

Bo‘stonliq tumanidagi “Novobod” MFY, “Markaz” MFY hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi “Chimyon” podstansiyasida ham soat 09:00 dan 18:00 gacha vaqt oralig‘ida joriy ta’mirlash va boshqa zarur ekspluatatsiya texnik ishlari o‘tkaziladi. Mazkur paytda hudud aholisiga taqdim qilinayotgan elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.

Mavzuga doir: Sirdaryodagi transformator podstansiyasida kelib chiqqan yong‘in bartaraf etildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2020, 00:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют