» » Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatri aktyori Kimsanboy Sobirov vafot etdi

Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatri aktyori Kimsanboy Sobirov vafot etdi


Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatrining oliy toifali drama artisti Kimsanboy Sobirov vafot etdi. Bu haqda madaniyat vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

“Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi Farg‘ona viloyat musiqali drama teatrida Sharof Boshbekov asari asosida sahnalashtirilgan ‘Temir xotin’ spektakli xalqimizning sevimli sahna asariga aylangandi. Bugun ham uni barcha sevib tomosha qiladi.

‘Temir xotin’da bosh rolni o‘ynagan O‘zbekiston xalq artisti Muhammadsoli Yusupovga ‘Qo‘chqor aka’, Olim rolidagi Kimsanboy Sobirovga ‘Olimtoy’ deya murojaat qilishlari bejiz emas.

Ijodiy faoliyati davomida o‘nlab rollarni maromiga yetkazib ijro etgan Kimsanboy Sobirov mamlakatimiz mustaqilligining 29 yilligi arafasida ‘Do‘stlik’ ordeni bilan taqdirlandi. Afsuski, bir umr muxlislari ardog‘ida ‘Olimtoy’ bo‘lib yashagan taniqli aktyor 65 yoshida vafot etdi”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2020, 11:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют