» » Fokuschi Devid Bleyn to‘g‘ridan to‘g‘ri efirda geliy sharlari bilan 5 kilometrdan yuqoriga parvoz qilmoqda (video)

Fokuschi Devid Bleyn to‘g‘ridan to‘g‘ri efirda geliy sharlari bilan 5 kilometrdan yuqoriga parvoz qilmoqda (video)


Devid Bleyn ismli illyuzionist “Yangilanish” nomli yangi tryukni bajarishga kirishib, geliy sharlar yordamida parvoz qildi. Translyatsiya fokuschining YouTube’dagi kanali orqali amalga oshirildi.

Dastlab Bleyn Nyu-York va Nyu-Jersini ajratib turuvchi Gudzon daryosi ustidan uchib o‘tishga qaror qilgan. Biroq noqulay ob-havo sharoiti sababli parvozni o‘zgartishga to‘g‘ri kelgan. Endilikda illyuzionist Arizonada 5,5 kilometr balandlikka erishish niyatida.

TJournal’ning yozishicha, translyatsiya Bleyn va uning qizi Dessining uchish maydonchasida paydo bo‘lishi bilan boshlangan. Shoumenning so‘zlariga ko‘ra, u qizi dunyoga kelgach, keng ko‘lamli va xavfli tryuklarni tashkillashtirishni to‘xtatgan, biroq endi “Yangilanish” o‘zini ilhomlantirishiga umid qilmoqda. Bleyn parvozni parashyutsiz amalga oshirgan bo‘lib, undan faqatgina 3 ming metr balandlikda foydalangan.

Fokuschi tryukni bajarish uchun kurslarga qatnagan, professional parashyutchi nomiga (buning uchun kamida 500 marta sakrashni amalga oshirish kerak) va kerakli litsenziyaga ega bo‘lgan.

Mazkur loyiha Bleynning 2012-yildan buyon birinchi bor amalga oshirgan to‘g‘ridan to‘g‘ri translyatsiyasi hisoblanadi. O‘shanda u olti metr balandlikdan o‘tgan million voltli kuchlanish ustidagi kolonnada 72 soat turgan.

Mavzuga doir: Kanadalik yigit 100dan ortiq havo sharlari bog‘langan o‘rindiqda osmonga ko‘tarildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2020, 13:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 123) ( 0) ( 122) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют