» » Otish davri: Osmirlarni tarbiyalashda qol keladigan tavsiyalar

Otish davri: Osmirlarni tarbiyalashda qol keladigan tavsiyalar


Balogat yoshidagi bola bilan muloqot qilish qiyinlashayotgandek, ortada devor paydo bolayotgandek tuyiladi. Jismoniy va ruhiy ozgarishlar kuzatilayotgan bir vaqtda osmirlar bilan qanday til topishish mumkinligiga toxtalib otamiz.

Vaqt ajrating, birga shugullaning

Ota-ona farzandi 10-12 yoshga yetganidan keyin unga oldingidek vaqt ajratmaydi. Avvallari qolidan turib maktabga yetaklab borgan, uyquga yotishidan avval ertak oqib, jarohatlanganida tinchlantirgan ogil yo qizingiz 5-6 sinfga otganidan keyin sizdan uzoqlashib borgandek tuyuladi. Maktabda ham darslar mashq va vazifalar boshlangich sinfdagidek emas, qiyinlashgan. Bir ikki yil avval birga otirib masalalar javobini topishga yordamlashgan ota-ona endi fizika va kimyodan nima qilinishi kerakligini kitobdan oqib olish kerakligini aytadi. Taom pechda, pechenye shkafda, kompyuterni ozing yoqib ol, kap-katta bolib qolding. Men ishlayapman, xalaqit berma degan javobni eshitish farzand uchun yangilik bolmay qoladi.

Oddiydek tuyulgan kundalik munosabatlar bilan farzandingiz uzoqlashishiga sababchi bolasiz va oqibatda nima uchun 13 yashar odamcha bosh vaqtini siz bilan otkazgisi kelmayotganidan hayratlanasiz. Bu siz voyaga yetayotgan farzandingiz ovqat yegunicha tepasida otirishingiz kerak degani emas. Shunchaki u uchun vaqt ajrating,uning qiziqish vaxohishlariga befarq emasligingizni korsating. Masalan, qaysi kasb bilan shugullanasiz, ish joyingiz qayerda ekanligini bolangizga tushuntiring. Farzandingizni bir kun ish joyingizga olib boring, faoliyatingiz nimalardan iborat ekanini korsating. Nimalarga qiziqasiz va xobbiyingizbilan bolishing.

Qiziqishlariga befarq bolmang

Farzandingiz musiqa, sport yoki rasm chizishga qiziqishi mumkin. Qiziqishlari bilan shugullanishiga imkon yaratish bilan birga u shugullanayotgan mashgulot haqida savollar bering. Maslahat berish bilan birga uning qolidan kelayotgan ishni boshqalar eplay olmasliklari mumkinligini ham bildirib qoying. Osmir farzandingiz nimanidir qoyillatsa, uning yutugini etirof etish bolaga motivatsiya beradi, samimiy munosabatlar yaxshilanishiga sabab boladi.

Maslahat berishda meyorni biling

Bola bilan gaplashish kerak, lekin osmir bola bilan hammasi boshqacharoq. Maslahat ham berib turish kerakligi rost, lekin meyorida. Masalan, ozingiz amal qilmaydigan qoidalarni bolaning miyasiga quyishingizning keragi yoq. Chunki birinchidan, qush inida korganini qiladi, ikkinchidan sozlaringizga bolgan ishonchi yoqoladi. Gaplashing, tinglang vaziyatga qarab reaksiya qiling, lekin baholashga yoki maslahat berishga oshiqmang. Muhokama qilishingiz va notogri tushunishingizdan qorqib sizdan uzoqlashishi sirlashgisi kelmay qolishi mumkin.

Nafaqat osmirlar, balki hamma ham gaplashishni, fikrlari bilan bolishishni kimdir tinglashi, his qilishi va quvonishni istaydi. Agar siz tinglashni bilsangiz va uni tuygularini ustidan kulmasangiz farzandingizni ozi sizdan maslahat soraydi.

Xato qilishiga imkon bering

Farzandingiz xato qilishiga, xatosini tushunishi va uni hal qilishiga qoyib bering. Agar malum vaziyat yuzasidan jim turish mumkin bolmasa, bunday yol tutsa nimaga olib borishi va nima bilan yakun topishi haqida qanday oyda ekanligi bilan qiziqing. 20 yosh kichik inson qarori va yechimi bilan ozingizni solishtirmang. Sizda tajriba yetarli, lekin vaqtida ozingiz ham xato qilganingiz va qoqilganingizni yodga oling.

Ananalarni shakllantiring

Oilaning oz qadriyati, qoidalari va barcha amal qiladigan ananalari bolishi kerak. Bolalar amal qilishi kerak, kattalarga mumkin degan tushuncha hosil bolmasin. Ananalar hamma uchun bir bolishi va oila azolarini birlashtirib turishi kerak. Masalan, juma kuni kechki ovqatdan keyin telefon va gadjetlarni ochirib qoying, oilaviy kitob oqing yakshanbagacha smartfonlardan birgalikda dam oling. Shanba tongi uchun birga nonushta tayyorlang, bir vaqtda ovqatlaning, shahar kezing, sport bilan shugullaning, xullas, birga vaqt otkazing. Ammo bu qoidaga ozingiz va turmush ortogingiz ham amal qilsin. Telefonni yigishtiramiz deb, ozingiz Instagram yoki Telegramda otirmang. Qoidaga kattami kichik barcha birdek amal qilishi kerakligiga farzandingiz uchun namuna boling.

Farzand bir kun yoki bir yilda tarbiyalanib qolmaydi

Birgina maslahatingiz yoki u qilgan xatosi bilan hech nima ozgarib qolmasligi mumkin. Bir kun dars qoldirgan bolaga baravariga hamma baqirishi, jazolashi emas u bilan gaplashib vaziyatni kattalardek muhokama qilinishi, tushuntirilishi kerak. Ammo bu otib ketadi deb tashlab qoyish va befarq bolish ham yaramaydi. Asosiysi bolangiz kelajagi uchun qanday fundament qoyayotganingiz va uning mustahkamligiga etibor bering. Unutmang, farzandingizda muvaffaqiyatga erishishi va baxtli bolishi uchun yordam beradigan kuchli fel-atvor shakllanishi sizga, oiladagi munosabatlar va tarbiyaga bogliq.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (3-09-2020, 18:55)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 26) ( 0) ( 26) ( 0)
:
-
:
:
-
20 ... -