» » Turkiyalik shifokorlar koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda ko‘maklashish uchun Namanganga keldi

Turkiyalik shifokorlar koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda ko‘maklashish uchun Namanganga keldi


Turkiyalik bir guruh shifokorlar koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash borasida ko‘maklashish uchun Namanganga keldi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Mehmonlar dastlab viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida bo‘ldi. Ular bu yerda viloyatdagi epidemiologik vaziyat, koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarni davolash jarayonlari, aholi o‘rtasida olib borilayotgan targ‘ibot ishlari bilan tanishdi. Shifoxona bo‘limlarini ko‘zdan kechirib, bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat holatini o‘rgandi, ulardan bir nechasini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi.

“Koronavirus pandemiyasi jahon miqyosida xavf solib turgan paytda tibbiyot sohasidagi tajriba almashinuvlari muhim ahamiyatga ega, — deydi Istanbul davlat shifoxonasi pediatri doktor Yusuf O‘zkirish. — Bir necha kundan beri O‘zbekiston bo‘ylab safarda yuribmiz. Joylarda koronavirus infeksiyasiga qarshi olib borilayotgan tizimli ishlarni e’tirof etish joiz. Turkiyada ham bu kasallik juda murakkab vaziyatni yuzaga keltirgan edi. Karantin talablariga qat’iy amal qilinishi tufayli uning talafotlarini kamaytirishga erishyapmiz. Umid qilamizki, bu borada orttirilgan tajriba O‘zbekistonda ham qo‘l keladi”.

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmatiga ko‘ra, turkiyalik shifokorlar 4 kun mobaynida Namangandagi koronavirus infeksiyasiga chalinganlar davolanayotgan tibbiyot muassasalarida hamkasblar va bemorlar bilan muloqotda bo‘ladi. Bundan oldin rossiyalik 6 nafar mutaxassis ham viloyatga kelib, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2020, 20:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют