» » AQSh va Markaziy Osiyo davlatlari oktabrda savdo aloqalarini muhokama qiladi

AQSh va Markaziy Osiyo davlatlari oktabrda savdo aloqalarini muhokama qiladi


AQSh—Markaziy Osiyo savdo va sarmoya doirasidagi bitimi to‘g‘risidagi yig‘ilish oktabr oyida onlayn tarzda o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda Investitsiya va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Avvalgi yig‘ilish 2019-yil 21?22-oktabr kunlari Vashingtonda bo‘lib o‘tgan edi.

Yangi uchrashuvni o‘tkazish masalalari 2-sentabr kuni O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov va AQShning Toshkentdagi elchisi Deniyel Rozenblyum tomonidan muhokama qilingan.

Uchrashuvda, shuningdek, AQSh Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasi bilan birgalikda transport va energetika infratuzilmasini rivojlantirish va mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan mintaqaviy loyihalarni birgalikda moliyalashtirish imkoniyatlari o‘rganib chiqildi.

Tomonlar O‘zbekiston va AQShning Markaziy Osiyo va Afg‘oniston davlatlarining iqtisodiy va infratizimli aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan yondashuvlarining umumiyligini ta’kidlashdi. Vazir va elchi, shuningdek, “C5+1” platformasi doirasidagi hamkorlikdagi yutuqlarni ijobiy baholashdi va ushbu format yuzasidan iqtisodiy ishchi guruhning bo‘lajak yig‘ilishini o‘tkazishda kun tartibidagi masalalarni muhokama qilishdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘zaro munosabatlarning yangi formati hisoblangan “Markaziy Osiyo—AQSh” (“C5+1”) muloqoti 2015-yil sentabrida, mintaqaviy masalalarni hal qilish maqsadida AQSh va Markaziy Osiyoning besh mamlakati — O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston tomonidan tuzilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2020, 22:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют