» » O‘zbekiston IIV IMEI kodlar bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelganda ichki ishlar organlariga murojaat qilishga chaqirdi

O‘zbekiston IIV IMEI kodlar bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelganda ichki ishlar organlariga murojaat qilishga chaqirdi


So‘nggi vaqtlarda xorijiy davlatlardan O‘zbekistonga kelayotgan fuqarolarning shaxsga doir ma’lumotlaridan uchinchi shaxslar tomonidan noqonuniy ravishda foydalanilib, ularning ma’lumotlari asosida mobil qurilmalar IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish holatlari uchramoqda. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi mazkur holatga munosabat bildirdi.

Vazirlik tomonidan ma’lum qilinishicha, mazkur holatni muhokama etish maqsadida 3-sentabr kuni Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va “UZIMEI” tizimi operatori mas’ul xodimlari ishtirokida ishchi uchrashuv o‘tkazilib, unda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Ichki ishlar vazirligi tomonidan ta’kidlanishicha, shaxsga doir ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-iyuldagi “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonuni bilan himoyalanib, fuqarolarning shaxsga doir ma’lumotlarini qonunga xilof ravishda yig‘ish, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, to‘ldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yo‘q qilish O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 46-2-moddasiga asosan fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Ushbu harakatlar ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilsa, yoxud bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirilib, takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan, g‘arazli yoki boshqa g‘arazli niyatlarda, xizmat mavqeyidan foydalangan holda sodir etilsa, yoxud og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 141-2-moddasiga asosan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Vazirlik fuqarolarga IMEI kodlar bilan bog‘liq yuqoridagi muammolar yuzaga kelgan taqdirda yashash manzillari bo‘yicha ichki ishlar organlariga murojaat qilishni tavsiya etgan.

Avvalroq Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi O‘zbekistonda boshqa shaxslarning pasport ma’lumotlari bilan telefonlarning IMEI kodini ro‘yxatdan o‘tkazayotganlarga nisbatan tergov-surishtiruv ishlari olib borilayotganini ma’lum qilgandi.

Davlat bojxona qo‘mitasi esa IMEI kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazishda yuzaga kelayotgan muammolar bo‘yicha tekshiruv o‘tkazmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2020, 02:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют