» » JSST boy mamlakatlar sababli COVID-19’ga qarshi vaksinaga teng ega bo‘lish imkoniyatini beruvchi dasturni amalga oshirish muddatini kechiktirdi

JSST boy mamlakatlar sababli COVID-19’ga qarshi vaksinaga teng ega bo‘lish imkoniyatini beruvchi dasturni amalga oshirish muddatini kechiktirdi


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti boy davlatlarning tutgan yo‘li tufayli maqsadi barcha mamlakatlarni koronavirusga qarshi vaksina bilan teng ta’minlash bo‘lgan xalqaro COVAX mexanizmini amalga oshirish muddatini keyinga qoldirishga majbur bo‘ldi. Bu haqda JSST hujjatlariga tayanib, The Financial Times gazetasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, “boy davlatlar”, jumladan, AQSh, Buyuk Britaniya va Yaponiya dasturga qo‘shilishga shoshilmay, xalqaro korporatsiyalar bilan vaksinalar yetkazib berish bo‘yicha ikki tomonlama bitim tuzishni afzal ko‘rgan. Shu sababli ularning COVAX mexanizmiga a’zo bo‘lishi muddati 31-avgustdan 18-sentabrga, ishtirokchi mamlakatlardan dastlabki to‘lovlar undirish sanasi esa 9-oktabrga qoldirildi.

Rejaga ko‘ra, COVAX tufayli 2021-yil oxirigacha dunyo bo‘ylab 2 milliard dozada vaksina tarqatilishi kerak edi. Dori-darmonlar puli 92 ta moliyalashtiruvchi davlat tomonidan to‘lanadi. Buning natijasida vaksina ishlab chiqaruvchilarga preparatlari litsenziyadan o‘tmasidan turib ularning sotib olinishini kafolatlaydi, nochor mamlakatlarga esa ushbu dori vositasidan foydalanish imkoniyatini beradi.

JSST rahbarining dori-darmonlardan foydalanish bo‘yicha yordamchisi Mariangele Simaoning aytishicha, bu vaziyatda ikki xil yo‘l tutish mumkin. Birinchisi “vaksinalash millatchiligi” bo‘lib, bunda vaksinadan foydalanish imkoniyatiga faqat kam sonli mamlakatlar ega bo‘ladi, dunyodagi aksariyat odamlar esa himoyasizligicha qoladi. Ikkinchisi, vaksinalash borasida ko‘p qirrali yondashish bo‘lib, barcha mamlakatlardagi xavf ostida bo‘lgan aholini himoya qilish mumkin bo‘ladi. “Mamlakatlar uchun yagona oqilona yechim (tashabbusga) qo‘shilishdir”, — deb qayd etgan Simao.

24-avgust kuni Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda JSST rahbari Tedros Gebreyesus koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqish va tarqatish bo‘yicha COVAX xalqaro mexanizmiga 172 davlat qo‘shilgani haqida xabar bergan. JSST va uning Yevropa mintaqaviy byurosining faol a’zosi sifatida O‘zbekiston ham tashkilotning koronavirusga qarshi emlash dasturiga qo‘shildi. Ayni paytda JSST portfelida koronavirusga qarshi 9 ta vaksina mavjud ekani aytilmoqda.

Mavzuga doir: O‘zbekiston koronavirusga qarshi emlash dasturiga qo‘shildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2020, 09:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют