» » AQShda qog‘ozdan Bluetooth-klaviatura yaratildi (video)

AQShda qog‘ozdan Bluetooth-klaviatura yaratildi (video)


Amerikadagi Perdyu universiteti muhandislari qog‘oz yoki kartonni tarkibida ftor bo‘lgan zarralar bilan qoplab, yangi chop etish prinsipini yaratdi. Bu kabi qog‘ozdan klaviatura sifatida foydalanish mumkin, deb yozadi Gizmodo.

Ma’lumotlarga ko‘ra, maxsus qoplamali zona avtonom Bluetooth aloqani qo‘llab-quvvatlashi mumkin va shu usulda chop etilgan qog‘oz foydalanuvchining barmog‘i tegishidan energiya hosil qiladi hamda tashqi quvvatlanish manbalarini talab etmaydi.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, bu kabi qog‘ozdan turli sohalarda foydalanish mumkin: “aqlli” qadoqlardan tortib, gadjetlarga qadar. Muhandislarning so‘zlariga ko‘ra, qanchadir vaqtdan keyin bu kabi klaviaturani istalgan odam o‘zi mustaqil chop eta oladi. Shu bilan birga, bunday texnologiya arzon va tayyorlanish tezligi bilan ajralib turadi.

Mavzuga doir: Kaftga taqiladigan va klaviaturasiz yozish imkonini beruvchi qurilma konsepti yaratildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2020, 09:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 111) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют