» » Tailand qiroli rasmiy ma’shuqasining unvonini tikladi. U qirolichaning o‘rnini egallashga uringani uchun qamoqqa olingandi

Tailand qiroli rasmiy ma’shuqasining unvonini tikladi. U qirolichaning o‘rnini egallashga uringani uchun qamoqqa olingandi


Tailand qiroli Maxa Vachiralongkorn (Rama X) o‘zining rasmiy ma’shuqasi Sininat Vongvatjirapakdining unvonini tikladi. U o‘tgan yili konsort va general mayor unvonidan mahrum bo‘lgandi, deb yozmoqda The Bangkok Post.

Bild ma’lumotlariga ko‘ra, Sininat Vongvatjirapakdi pandemiya vaqtida Tailand qiroli ko‘chib o‘tgan Germaniyaga uchib kelgan. Monarx uni aeroportda shaxsan o‘zi kutib olgan.

She’ll get out of jail tomorrow. Flies to Germany on September 3.. pic.twitter.com/timVlpD2Ql

— Andrew MacGregor Marshall (@zenjournalist) August 26, 2020

35 yoshli Sininat Vongvatjirapakdi sobiq hamshira bo‘lib, 2015-yilda qirol qo‘riqchilari a’zosiga aylangan. U qirollikda rasmiy ma’shuqa unvonini 2019-yilning iyulida, Tailandning 68 yoshli qiroli rasman to‘rtinchi marta uylanganidan ikki oy o‘tib olgan.

2019-yilning oktabrida Sininat Vongvatjirapakdi qirol g‘azabiga uchragan. U nafsoniyatga haddan ortiq berilgani va egrilik qilganlikda ayblanib, hamma unvonlaridan mahrum etilgan. U go‘yoki qirolicha o‘rnini egallamoqchi bo‘lgan. Shundan keyin Tailanddagi maxsus qo‘riqlanadigan qamoqxonada saqlangan.

Mavzuga doir: Tailandda general kelinning qirol poyida yotishi barchani hayratga soldi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2020, 10:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют