» » Koronavirus vaksinasi muvaffaqiyatli chiqsa, O‘zbekiston ham 20 foiz aholini emlash uchun shartnomaga ega bo‘ladi

Koronavirus vaksinasi muvaffaqiyatli chiqsa, O‘zbekiston ham 20 foiz aholini emlash uchun shartnomaga ega bo‘ladi


Koronavirus vaksinasi muvaffaqiyatli ishlab chiqarilgan taqdirda COVAX–mexanizmida ishtirok etgan davlat hukumatlari qatorida O‘zbekiston ham 20 foiz aholini emlash uchun yetarli miqdorda vaksina shartnomasiga ega bo‘ladi. Bu haqda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova ma’lum qildi.

COVID-19 pandemiyasiga global yondashish maqsadida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, GAVI (Vaksina va immunizatsizatsiya bo‘yicha global alyans), shuningdek CEPI (Epidemiyaga tayyorgarlikni ta’minlash sohasidagi innovatsiyalar Koalitsiya) barcha mamlakat hukumatlarini COVAX ta’siri - COVID-19 ga qarshi vaksina ma’lumotlarini hamma ko‘rishini ta’minlash mexanizmi bo‘yicha maslahatlashuvda ishtirok etish uchun taklif qilingan.

Barno Abdusamatova, Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi

Mavzuga doir: Xitoy O‘zbekistonga koronavirus vaksinasi sinovlarida qatnashishni taklif etmoqda

Shtab a’zosi, bir necha vaksina kompaniyalari klinik tajribalarning final, ya’ni uchinchi bosqichida ekanligi,  O‘zbekistonga Xitoyda ishlab chiqarilgan uchta vaksinaning uchinchi bosqich klinik sinovini hamkorlikda o‘tkazish bo‘yicha takliflar kelib tushganligini ham bildirgan.

Vaksinani yetkazish, ko‘ngillilarning tibbiy va laboratoriyaviy tekshiruvi, shuningdek, tadqiqot bilan bog‘liq boshqa xarajatlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar tomonidan qoplanadi.

Eslatib o‘tamiz, iyul oyining oxirida O‘zbekistonning Xitoydagi elchisi Baxtiyor Saidov va Sinopharm Group kompaniyasi rahbari Lyu Szinchjen bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda klinik sinovlarning uchinchi fazasini O‘zbekistonda o‘tkazish masalasi ko‘tarilgan. Sinopharm Group tarkibidan Xitoy milliy biotexnika guruhi o‘rin olgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2020, 14:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют