» » O‘zbekistonga xorijdan shifokorlarning kelishi mahalliy kadrlar tanqisligi bilan bog‘liqmi? Mutaxassis javobi

O‘zbekistonga xorijdan shifokorlarning kelishi mahalliy kadrlar tanqisligi bilan bog‘liqmi? Mutaxassis javobi


Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova xorijdan shifokorlarning O‘zbekistonga kelishi mahalliy tibbiyot xodimlari masalasida muammo borligi bilan bog‘liq, degan mish-mishlarga aniqlik kiritib o‘tdi.

“Bu gaplar noto‘g‘ri. Bugungi kunga qadar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 1672 nafar COVID-19 sharoitida ishlovchi zaxira (rezerv) kadrlar tayyorlandi. Ular reanimatologlar, PZR diagnostikasi bo‘yicha laborantlar, infeksionistlar, epidemiologlardan iborat”, — deydi Abdusamatova.

Mavzuga doir: Xitoylik va germaniyalik mutaxassislar O‘zbekistondagi hududlarda bo‘lib, koronavirus epidemiyasi bilan bog‘liq vaziyatni o‘rgandi

Shuningdek, mutaxassis bugungi kunda bosqichma bosqich boshlang‘ich ixtisoslashuv kursi orqali 137 nafar anesteziolog-reanimatolog, 89 nafar shifokor laborantlar zaxirasini tayyorlash ishlari olib borilayotgani, chet eldan kelgan mutaxassislar ishlash uchun emas, balki tajriba almashinuvi uchun taklif etilayotganini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga shu vaqtgacha koronavirusga qarshi kurashda yordam berish uchun 10 nafar germaniyalik, 15 nafar xitoylik shifokor va tibbiyot mutaxassisidan iborat guruh, tarkibida anesteziolog, reanimatolog, yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassis, epidemiolog, terapevt va kardiolog bor 40 nafar rossiyalik shifokor kelgan bo‘lsa, mart oyining oxiridan boshlab O‘zbekistonda koreyalik professor — epidemiolog Soy Chje Uk, yana bir koreyalik anesteziolog-reanimatolog, bir qancha turkiyalik mutaxassislar, Germaniyaning yetakchi tibbiyot mutaxassislaridan bo‘lmish professor Verner Ber faoliyat yuritgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2020, 15:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют