» » Toshkentda 18 yoshli yigit Lacetti’da yosh ona va uning 2 yoshli qizini urib ketdi. Jabrlanuvchilar voqea joyida vafot etgan

Toshkentda 18 yoshli yigit Lacetti’da yosh ona va uning 2 yoshli qizini urib ketdi. Jabrlanuvchilar voqea joyida vafot etgan


Toshkentda birovning Lacetti’sida yosh ona va uning 2 yoshli qizini urib yuborib, ularning o‘limiga sababchi bo‘lgan 18 yoshli yigitga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Poytaxt IIBB xabariga ko‘ra, voqea 4-sentabr kuni soat taxminan 11:00 da Shayxontohur tumani Shofayz ko‘chasida yuz bergan. Boshqa shaxsga tegishli bo‘lgan Lacetti’ni tegishli hujjatlarsiz boshqarib ketayotgan 18 yoshli B.Yu. 22 yoshli N.M. va uning ikki yoshli qizi N.K.ni urib yuborgan va boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘lga o‘tib, 51 yoshli M.K. boshqaruvidagi Spark’ga to‘qnashgan.

Oqibatda ona-bola voqea joyida og‘ir tan jarohatlari tufayli vafot etgan. Avtomobil haydovchilari shifoxonaga yetkazilgan.

YTH yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2020, 18:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 123) ( 0) ( 120) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют